Dars muqaddas” tadbirini amalda qo`llash



Yüklə 130,11 Kb.
səhifə8/11
tarix23.03.2023
ölçüsü130,11 Kb.
#89320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
“DARS MUQADDAS” TADBIRINI AMALDA QO`LLASH

O’QISH
Mavzu: «Toshkent - O‘zbekiston poytaxti».
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni «Toshkent - O‘zbekiston poytaxti» matni mazmuni bilan tanishtirish. O‘quvchilarni to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, poytaxtiniiz Toshkentga mehr uyg‘otish, ularni Vatanni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash, axloqiy fazilatlarni singdirish.
Rivojlantiruvchi:o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, lug‘at ustida ishlash, qayta hikoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, «Zanjir» usuli, «Alifbo bilag‘oni», «Davomini top» o‘yini.
Dars jihozi: darslik, videolavhalar, ko‘rgazmalar, konvert va gulchalar rasmi, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish.
Davomatni aniqlash.

  1. Uy vazifasini sorash va otilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa - «Vatan» mavzusi so‘raladi.
Dars boshida guruhlarga har xil rangdagi konvert tarqatiladi. Agar guruhlar 3 ta bo‘lsa, konvertlar 3 xil rangda va ichidagi gullar ham shu rangda bo‘ladi. Konvert ichiga rangli qog‘ozdan qirqilgan turli shakldagi gullar solingan. Gullar soni 10-20 ta bo‘lishi lozim. Xattaxtaning 4 ta tomoni guruh maydoni deb e’lon qilinadi va har bir guruh o‘z hududini gulzorga aylantiradi. Savollarga to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi o‘z guruhining konverti ichidagi gulni xattaxtadagi o‘z maydoniga magnit yordamida mustahkamlab qo‘yishi mumkin.
Savollar:

  1. Alisher Navoiy «Vatan» tushunchasini qanday ma’nolarda ishlatgan?

  2. Vatan haqida nimalarni bilib oldingiz?

  3. Qanday inson vatanparvar deb ataladi?

Har bir guruh a’zolari oz fikrlarini bildiradilar.

Vatan ona, Vatan chamandir,
Vatan quyosh, Vatan osmondir.
Vatan she`rdir, Vatan xayoldir,
Vatan tuproq, Vatan iymondir.

Vatan deb, inson tug’ilgan, voyaga yetgan, uning o’zi va xalqi mansub bo’lgan mamlakatga aytiladi.
Vatan- Ota bobolarimizning makonidir. Odamning yashab turgan joyi, ya’ni uning respublikasi uning vatani hisoblanadi.
Vatanim-O’z diyorimdir, ya’ni tug’ilgan shahrimdir.
Maktab partasida olgan ilk saboqdan,”Alifbo”ning ilk harfidanVatan tushunchasi singdi bizga.

Savol-javobdan song, matn mazmuni soraladi.Har bir fikr bildirgan oquvchi gulni olib hududini obodonlashtirishga hissasini qo‘shadi.

Yüklə 130,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin