Dars muqaddas” tadbirini amalda qo`llash


Darsga qo`yiladigan texnologik talablar



Yüklə 130,11 Kb.
səhifə4/11
tarix23.03.2023
ölçüsü130,11 Kb.
#89320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
“DARS MUQADDAS” TADBIRINI AMALDA QO`LLASH

Darsga qo`yiladigan texnologik talablar:
Dars jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi texnologik talablarga rioya qilish maqsadga muvofiq:
- dars ruhan ta’sirchan bo`lib, o`quvchilarning o`qishga qiziqishini orttirib, bilimga chanqoqlik uyg`otishi kerak;
- darsning surati shunday tanlanishi kerakki, saboq davomida o`qituvchi va o`quvchining harakatlari tugal bo`lib, yakunida nihoyasiga yetishi kerak;
- o`quvchi va oqituvchi orasida ochiq muloqot o`rnatish, pedagogik takt qoidalariga rioya etish zarur;
- xayrixohlik va ijodiy faollik muhiti o`rnatilishi kerak;
- o`quvchilar faoliyati turlarini imkon boricha qo`shib olib borish, o`qitishning turli usullarini muqobil qo`llash lozim;
- har bir o`quvchining faolligini ta’minlash zarur.
O`qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:
1. O`qituvchining o`z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.
2. O`qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.
O`qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo`lib, o`quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:
- Davlat ta'lim standarti (DTS), o`quv dasturi, o`quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o`rganib chiqish;
- O`zi dars beradigan o`quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;
- tegishli ko`rgazma materiallarni, o`quv-jihozlarini o`rganish, ularni qo`llay bilish;
- ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish, tahlil qilish orqali o`z bilimini kengaytirish;
-kompyuter texnikasidan foydalanish ko`nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, "ZiyoNet" axborot ta'lim portaliga joylangan ma'lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.
O`qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir.
Darsga tayyorgarlik ko`rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:

Yüklə 130,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin