Dars muqaddas” tadbirini amalda qo`llash


O`quvchilar bilim olish faoliyatini tashkil etishga qo`yilgan talablar



Yüklə 130,11 Kb.
səhifə3/11
tarix23.03.2023
ölçüsü130,11 Kb.
#89320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
“DARS MUQADDAS” TADBIRINI AMALDA QO`LLASH

O`quvchilar bilim olish faoliyatini tashkil etishga qo`yilgan talablar:
a) fikrlash va ijod qilishning samaradorligini ta’minlovchi shartlarni aniqlash:
- o`rganilayotgan ob’ektlarni anglash va o`zlashhtirish yo`llarini aniqlash;
- ta’sir etish va ishontirish usullaridan foydalanish;
- o`quvchilar diqqat – e’tiborini ta’minlash shartlarini aniqlash;
- yangi bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirish uchun zarur bilim va ko`nikmalarni faollashtirishning turli shakllaridan foydalanish (suhbat, yakka tarzdagi savol-javob, takrorlash mashqlari).
b) o`quvchilarning yangi bilim va ko`nikmalarini o`zlashtirish jarayonidagi fikrlash va ijod qilish faoliyatini tashkil etish:
- o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarining shakllanish darajasini aniqlash (his-tuyg`u darajasida, xulosa chiqarish darajasida, muammo qo`yish darajasida va hokazo);
- o`quvchilarning fikrlash va faraz qilish faoliyatini tashkil etishda tushuncha, tasavvur shakllanishining psixologik qonuniyatlariga tayanish;
- o`quvchilarning fikrlashda mustaqilligi va faolligini ta’minlovchi usul va ish shakllarini qo`llash (savollar tizimi, muammoviy vaziyatlar yaratish, masalani bir nechta usulda yechish, to`liqsiz yoki ortiqcha ma’lumotlari bo`lgan masalalar qo`yish, o`quvchilarning qidiruv – tadqiqiy faoliyatini tashkil etish va hokazo);
- tushunish darajasini kuchaytirish (tasavvur etish, taqqoslash, umumlashtirish, baholash, muammo qo`yish) hamda o`ylash va xulosa chiqarish ko`nikmasini shakllantirish;
- ijodiy ishning turli shakllaridan foydalanish (ish maqsadini, bajarish shartlarini tushuntirish,materialni tanlash va tizimlashtirishni o`rgatish va hokazo).
v) natijalarni mustahkamlash:
- mashqlar yechish orqali ko`nikmalarni shakllantirish;
- o`zlashtirilgan ko`nikma va bilimlarni turli vaziyatlarda qo`llashni o`rgatish ko`r-ko`ronalikning oldini olish.
g) o`quvchilar faoliyatini uyushtirish:
- o`qishga munosabat, uyushqoqlik va aqliy rivojlanish darajasi;
- guruhlarga bo`linib yoki yakka tarzda va jamoa bo`lib ishlashni tashkil etishda o`quvchilar o`zlashtirish qobiliyatini hisobga olish.
d) o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish:
- darsni o`quvchilarning individual va yosh xususiyatlariga mos rejalashtirish;
- darsni kuchli va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarni hisobga olgan holda (differensial) o`tkazish;
- kuchli va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilarga alohida (differensial) yondashish.

Yüklə 130,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin