I."DARS - MUQADDAS" TADBIRINI AMALGA OSHIRISH: O`qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta'lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir. Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir. Sifatli dars – bu o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilgan dars. Zamonaviy darsga qo`yiladigan didaktik talablar: - ta’lim maqsadlarini aniq belgilash va ularning rivojlantiruvchi hamda tarbiyalovchi maqsadlar bilan bog`lanishi;
- o`quv rejasi dars maqsadiga muvofiq, o`quvchilarning saviyasi va tayyorgarligini hisobga olgan holda dars mazmunini aniqlash;
- dars va uning bosqichlari davomida o`quvchilar tomonidan ma’lum bir bilimning o`zlashtirilishi hamda malaka va ko`nikmalarning shakllanish darajalarini oldindan belgilash;
- o`qitish, rag`batlantirish va nazoratning eng muvofiq uslub, usul va vositalarini tanlash;
- o`quvchilarning bilim olishda mustaqilligi va faolligini, yakka tartibda va jamoa bo`lib ishlash uyg`unligini ta’minlovchi dars turlarini tanlash;
- darsda barcha didaktik tamoyillarga amal qilish;
- o`quvchilarning muvaffaqiyatli va samarali ta’lim olishi uchun sharoit yaratish.
Shunday ekan, har bir o`qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o`qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o`tish, o`quvchilarga yaxshi ta'lim-tarbiya berish tashkil etadi.
Dars jarayoniga qo`yiladigan talablar: a) rivojlantiruvchi ta’lim tamoyillariga asosan darsning mazmuni va tizimini aniqlash:
- o`quvchilar xotirasi va tafakkuriga joylanadigan yuklamaning nisbatini aniqlash;
- o`quvchilarning ijro va ijodiy faoliyati hajmini aniqlash;
- bilimlarning tayyor holda (o`qituvchi so`zlaridan, darslikdan va hokazo) va mustaqil qidirib o`zlashtirilishini rejalashtirish;
- o`qituvchi va o`quvchilarning muammoviy – evrestik ta’lim olishlarini tashkil qilish (muammoni kim qo`yadi, aniqlaydi va yechadi);
- o`qituvchi tomonidan o`quvchilar faoliyatining doimiy nazorat qilib borilishi, tahlili va baholanishi hamda o`quvchilarning o`zaro tanqidiy baholanishi, nazorati va tahlilini hisoblash;
- o`quvchilarni rag`batlantirish (bajarilgan ishdan qoniqish uyg`otadiagn ijobiy izohlar berish).
b) o`qituvchining dars davomidagi faoliyatiga qo`yiladiagan talablar:
- darsga tayyorgarlik va muhimi psixologik maqsadni anglash va unga erishishga ruhan tayyor bo`lish;
- dars boshlanishi va davomidagi ishchan kayfiyat, qo`yilgam maqsadga erishihsda qat’iylik, darsdagi vaziyatga optimistik yondoshish, pedagogik topqirlik va hokazo;
- pedagogik takt (andisha);
- darsdagi psixologik iqlim (xushchaqchaqlik, samimiy va ishchan muhit yaratish).