Dars muqaddas


Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat



Yüklə 20,29 Kb.
səhifə3/5
tarix15.07.2022
ölçüsü20,29 Kb.
#62769
1   2   3   4   5
DARS MUQADDAS

Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo`yicha alohida-alohida dars ishlanmasi(konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 5-"A", "B" sinflar deb ko`rsatiladi), fan nomi yoziladi.

Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).

Dars maqsadi (darsga qo`yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan(o`lchamli) bo`lishi maqsadga muvofiq):

a) ta'limiy maqsad - dars jarayonida o`quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko`nikma va malakalar asosida belgilanadi;

b) tarbiyaviy maqsad - dars jarayonida o`quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;

s) rivojlantiruvchi maqsad - dars natijasida o`quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari bo`lishi mumkin.

Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an'anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan o`tilayotgan mavzuning o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar.

Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
tashkiliy qism;
o`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);
yangi mavzuni tushuntirish;
yangi mavzuni mustahkamlash;
o`quvchilarni baholash;
uyga vazifa berish.
Dars ishlanmasini tayyorlashda o`qituvchi darsning har bir qismini e'tiborga olishi maqsadga muvofiq.
Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o`qituvchida bo`lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo`lishi o`qituvchining dars o`tishdagi o`ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma'qul. Bunda hamma o`qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o`rnatib bo`lmaydi.
Agarda o`qituvchi dars berayotgan o`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi yuqori bo`lsa, ular turli ko`rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo`lsa, o`qituvchining dars jarayoniga maktab ma'muriyati va hududiy xalq ta'limi boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo`l qo`yilmaydi.
Dars ishlanmasi (konspekti) qo`lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o`qituvchi, albatta, o`zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim.
Direktorning o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari har bir o`qituvchining dars ishlanmasini ko`rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish uchun quyidagi eng muhim(minimum) hujjatlar bo`lishini nazorat qiladi:
- dars ishlanmasi (konspekti);
- taqvim-mavzu reja;
- o`quv dasturi;
- darslik.


Yüklə 20,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin