dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə100/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Yubormoq, boshlamoq, tashlamoq, tugatmoq ko'makchi fe'llarini ravishdosh shaklidagi chopmoq yetakchi fe'li bilan birga keltiring. Ularning ma'no farqini ayting.


2-t o p s h i r i q. Hayday boshlamoq, haydab yubormoq, haydab bo’lmoq fe'llarining ma'nolarini izohlang.


BILIB OLING. Ravishdoshning -a//-y shakliga qo'shiluvchi boshlamoq ko'makchi fe'li harakatning boshlanishi, olmoq ko'makchi fe'li esa harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma'nosini ifodalaydi.
Yotmoq, yurmoq, turmoq ko'makchi fe'llari ravishdoshning -(i)b shakliga qo'shilib, harakatning davomiyligini bildiradi.
Yubormoq, tashlamoq, qo'ymoq ko'makchi fe'llari harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi.
Chiqmoq ko'makchi fe'li harakatning to'la yakunlanganini bildiradi.


166-mashq. O'. Umarbekovning «Hayot qo'shig'i» hikoyasidan olingan quyidagi gaplarni o'qing. Ketmoq fe'lining ishlatilish o'rinlariga va ma'nolariga diqqat qiling.
1.O'yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho'zilib ketdi. 2. Mo'ysafid gullarni shiyponga qo'yib, mehmonlar bilan ko'risha ketdi. 3. Bu nima degan gap o'zi, juda jim bo'lib ketdingiz! 4. Sahnaga ko'zi tushdi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi. 5. Do'simboy ota uyga kirib ketganda hech nimaga tushunolmay o'tirgan Mirsaid so'radi: — Hotamjonga nima qilgan? 6. Mirsodiq eshikni sekin ochdi-yu, sevinib ketdi.


167-mashq. Yozib bormoq, aytib bormoq, kuchayib bormoq, ortib bormoq, o'tib bormoq shakllari tarkibida kelayotgan bormoq fe'lining ma'nosini izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.


168-mashq. Ikki guruhga bo'lining. Birinchi guruh o'z ma'nosida ishlatgan fe'lni ikkinchi guruh ko'makchi fe'I ma'nosida qo'llab gap tuzsin.


BILIB OLING. Nisbat va bo'lishsizlik shakllari yetakchi fe'l tarkibida ham, ko'makchi fe'l tarkibida ham kelishi mumkin. Zamon, shaxs-son qo'shimchalari faqat ko'makchi fe'llarga qo'shiladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin