BILIB OLING. Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo'shimchalarni qo'shib bo'lmaydigan, bitta so'roqqa javob bo'luvchi fe'llar qo'shma fe'llar sanaladi. Masalan: sayr etmoq, taq etmoq, olib kelmoq, bunyod qilmoq.
ESDA SAQLANG. Qo'shma fe'llar ot, sifat, son, olmosh, undov va taqlid so'zlarga qil, et, bo'l singari so'zlarni, fe'l shakllariga kelmoq, ketmoq singari fe'llarni qo'shish bilan hosil bo'ladi. Masalan: tarbiya qilmoq, eski bo'lmoq, bir bo'lmoq, chirs etmoq, kirib chiqmoq, sotib olmoq kabi. Qo'shma fe'llarning har ikkala qismi o'zining lug'aviy ma'nosini saqlagan bo'ladi. Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o'z ma'nosida qo'llanilmaganda ko'makchi fe'lli so'z shakli hosil bo'lladi. Masalan: o'qib chiqdi (o'qidi, lekin chiqmadi, balki o'qishni tamomladi, tugatdi). Qo'shma fe'l qismlari ajratib yoziladi.
188-mashq. Qo'shma fe'llarni topib, ularning yasalishini tushuntiring.
1. Xamir yaxshi qorilsa, barakasi ham yaxshi bo'ladi,— dedi Matqovul. (Mirzakalon Ismoiliy) 2. Hakim bobo har bir niholni parvarish qilardi. (Sh. Rashidov) 3. Shunday o'ylasangiz, yanglishasiz,- deb e'tiroz bildirdi Abdukarim. (I. Abdurahmonov) 4. Oygul turishi bilan Saroy charaqlab ketdi. Hamma yoq bo'lib ravshan, Uylar yaraqlab ketdi. (Hamid Olimjon)
189-mashq. Qo'shma fe'llarni va ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmalarini topib, ularning yasalishini izohlang.
...Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo'lsa ham xuddi o'smirlarday yengil qadam tashlardi, yugurib-yelardi. So'ridagi eskiroq ko'rpachani darrov yig'ishtirib olib, supirib, ko'z ochib yumguncha yangi yakandoz to'shab, joy soldi. Choyxonachi patnisda non bilan qand-qurs, kabobpaz kabob olib keldi. (Yo'ldosh Sulaymon) 1. Qo'shma fe'llar deb nimaga aytiladi?
2. Qo'shma fe'llar qanday yasaladi?
3. Qo'shma fe'Uarning imlosi haqida so'zlab bering.