1. Qizlar tillaqosh, bargak, zebigardon, qo'ltiqtumor, marjon, uzuk, bilaguzuk taqib, shoyi ko'ylak, nimcha, kamzul kiyib yasanar edilar. (N. Safarov) 2. Laylakqor urib turgan bir kun edi. Birdan bozorboshida dod-faryod ko'tarilib qoldi.(Abdulla Qahhor) 3. Elmurod so'rab-surishtirib, nihoyat, ko'pgina chiroqlar charaqlab turgan hovliga kirib keldi. (Parda Tursun) 4. Ariq bo'yida hamisha, har yoz ikkita jaydari atirgul, pastda namozshomgul, gultojixo'roz, sadarayhon o'sib yotadi. (Oybek) 260-mashq. Uyga vazifa. Gul so'zi yordamida qo'shma otlar hosil qilib, gaplar tuzing. Ularning yozilishini tushuntiring.
1-topshiriq. Berilgan otlarni juft va takroriy otlarga ajrating, imlosini tushuntiring.
Dori-darmon, orzu-armon, ko'rpa-to'shak, qovun-povun, uy-puy, bug'doy-mug'doy.
2-topshiriq.Nuqtalar o'rniga mos so'zlar qo'yib, juft va takroriy so'zlar hosil qiling, imlosini izohlang.
Ish..., ota..., aka..., opa..., ekin..., qo'y..., oshna..., qand...
ВILI В OLING. Juft va takroriy otlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. 261-mashq. Nuqtalar o'rniga juft otlarning tegishli qismini topib qo'ying va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Savdo-..., tevarak-..., o'y-—, huzur-..., ...-qatiq, o't-..., ko'z-gap-..., hol-..., yor-..., temir-..., rang-... .
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____________________ Ona tili» 6– “A”, “B” sinf Sana: ___________ _________ Soati______ MAVZU: JUFT VA TAKRORIY OTLAR IMLOSI Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.