Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan qo'shma otlarning qanday yozilganini ayting.
Yeryong'oq, qo'larra, qulbeor, qo'yboqar, asalari, Mingtepa, Uchqo'rg'on, O'rta Chirchiq, Kichik Osiyo.
BILIB OLING. Quyidagi qo'shma otlar qo'shib yoziladi:
Ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar bar doim qo'shib yoziladi: qorbo'ron, qizilishton, ko'ksulton, kungaboqar, o'rinbosar.
Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo'lgan atoqli otlar qo'shib yoziladi: Beshariq, Qorqiz, Qashqadaryo.
Birinchi qismi atoqli otdan iborat bo'lgan qo'shma otlar esa ajratib yoziladi: Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq.
258-mashq. Matnni ko'chiring, qo'shma otlarning imlosiga diqqat qiling.
Farg'onada bizning Oltiariqdan tashqari Uchariq, Beshariq, Qo'shariq, Oqariq, Soyariq, Jinariq, Belariq singari joylar ko'p. Shu bois oltiariqliklar biron-bir musofirni ko'rishsa: «Keling, akaxon, marg'ilonlikmilar?» deb so'rashadi. «Yo'q», degan javobni eshitishsa, birdan hafsalalari pir bo'lib: «Unda qaysi ariqdansiz?» deyishadi. (Anvar Obidjon)
259-mashq. Gaplarni o'qing, qo'shma otlarni topib, ularning yasalishini tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: |