a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu ВILI В OLING. Juft va takroriy otlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
263-mashq. Juft so'zlarning imlosiga diqqat qiling va ular bildirgan ma'nolarni izohlang.
1. O'zbek oyimning orzu-havas, to'y-tomoshalarni shartta kesib qo'ygan bu uylanishga nima deyishi va qanday qarashi, albatta, ma'lum edi. (Abdulla Qodiriy) 2. U hammaning kasb-korini, qandoq ishlashini, oilasini, fe'l-atvorinigina emas, dard-hasratini, orzu-armonini, qobiliyatini, zaif tomonlarini juda ham yaxshi bilar edi. (Abdulla Qahhor). 3. Sigir-buzoqlar, ayniqsa, qo'y-qo'zi, echki-uloqlar ko'p. (Oybek) 4. Adabiyot fan-texnika inqilobi davrida ham inson bilan ish ko'rishi kerak. (Asqad Muxtor)
1. Juft so'zlar deb nimaga aytiladi?
2. Takroriy so'zlar qanday yasaladi?
3. Juft va takroriy so'zlar qanday yoziladi?
264-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi so'zlar ishtirokida juft va takroriy so'zlar hosil qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Uy, olma, bola, qozon, oy, yer, daryo. N a m u n a: uy-joy. Shahrimizda bir-biridan chiroyli yangi uy-joylar qad ko'tarmoqda.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________________
Ona tili» 6– “A”, “B” sinf Sana: ___________ _________ Soati______ MAVZU: ATOQLI OTLAR IMLOSI Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.