dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə282/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Quyidagi sanoq sonlarga -(i)nchi qo'shimchasini qo'shing. Qanday ma'no ifodalanishini ayting. Qaysi holatda -nchi, -inchi qo'shilishini tushuntiring.
Bir, ikki, uch, olti, yetti, o'n.

BILIB OLING. Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar tartib sonlar deyiladi. U -(i)nchi qo'shimchasi yordamida yasaladi.




ESDA SAQLANG. Tartib sonlar arab raqami bilan yozilganda -(i)nchi qo'shimchasi o'rnida arab raqamidan so'ng chiziqcha yoziladi: 9-sinf, 30-dekabr. Tartib sonlar rim raqamlari bilan ifodalanganda chiziqcha qo'yilmaydi.
424-mashq. Sonlarni toping. Ma'no turini va imlosini tushuntiring.
1. Shoikrom uni har kuni maktabdan o'zi olib ketar, ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab turar edi. (O'. Hoshimov) 2. Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi. (O. Yoqubov) 3. Qani, bolam, yur! Nariroqda yana bittasini yoqib qo'yaylik. (O. Yoqubov) 4. Shu bog'dagi qurigan olmalarni qo'porib tashlab, o'rniga 4 tup yong'oq ekyapman, — deb javob beribdi. («El desa Navoiyni» kitobidan) 5. Cho'ponlar har kuni tunda bittadan qo'y g'oyib bo'layotganini sezib qolishdi. (Ertakdan)
425-mashq. Oltinchi sinf, birinchi o'qituvchim, ikkinchi qavat, uchinchi parta, beshinchi dars birikmalarini qatnashtirib matn tuzing. Unga sarlavha qo'ying.
426-mashq. Matnni ko'chiring, undagi sonlarning tagiga chizing va turini aniqlang.
Girdibod qayerlarnidir yalab, qayerlardadir qum tepaliklari uyib ketibdi. Ikkinchi arava to'nkarilib, uchinchi aravani ancha nariga surib borib, g'ildiraklarining yarmigacha qumga ko'mib qo'yibdi. Uning ustida na xashak va na yuklar bor. Birinchi arava g'ildiraklariga bog'langan uch ot bor-u, qolgan otlardan darak yo'q. Yuz qadamcha narida qumga botib yotgan uchinchi aravaning o'ng tomonida saman yo'rg'a orqa tomonidan qumga botib, chiqa olmay unnardi. Aravaga qo'shib bo'lmaydigan begona ikki otdan tamoman darak yo'q. Olis qum tepaliklari ustida xashak qoldiqlari sochilib yotardi. Qiyshayib yotgan uchinchi aravada faqat dekcha-yu, belkurag-u ketmonlar qolibdi. (Mirmuhsin)
1. Asosga qachon -inchi. qachon -nchi qo'shimchalari qo'shiladi?
2. Tartib sonlar nimani anglatadi?
3. «Odobnoma»dan tartib sonlar ishtirok etgan to'rtta gap yozing. Qanday qo'shimcha yordamida yasalganini tushuntiring.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin