Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Berilgan birikmalarda sanoq son bilan ot o'rtasida qo'llanilgan so'zlarning qanday vazifa bajarayotganini aniqlang,
Bir hovuch suv, ikki qop un, bir xalta turshak, uch etak paxta, o'n chelak suv, bir savat non, besh yashik olma, o'n litr benzin, yuz gramm shakar, o'n metr atlas.
BILIB OLING. Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so'z o'rtasida qo'llanilib, bu narsaning o'lchovini bildiradigan so'zlar hisob so'zlari sanaladi.
421-mashq. Quyidagi gaplardagi hisob so'zlarini aniqlang.
1. Ikki hafta davomida erta tongdan qorong'i tushguncha loy tashishdi. («Turfa rang tabiat») 2. Nekman, serhosilman, har dona mevam 200-250 grammga boradi. (I. To’xtasinov) 3. Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog'orachani keltirib «Eshak»ning oldiga va bir bog' beda keltirib, «Ho'kiz»ning oldiga qo'yibdi. (N. Aminov) 4. Umri xola bir qo'li bilan uniqqan chit ko'ylagining etagini mahkam changallab olgan, etak ichida ikki hovuch pishgan-pishmagan aralash qulupnaylar ko'rinib turar edi. (O'. Hoshimov) 5. Qo'limda bir metr keladigan irg'ay tayoq (P. Qodirov) 6. Ko'rsatkich barmog'i bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani 3-4 daqiqa mobaynida bosib turing, shunda tish og'rig'i taqqa to'xtaydi. («Dardingizni olay» kitobidan)
422-mashq. Tovoq, ko'za, etak, lahza, tomchi, hovuch hisob so'zlaridan mosini nuqtalar o'rniga qo'yib, gaplarni ko'chiring.
1. Mehnat-u mashaqqat bilan bir ... oltin yig'ganman («Ma'rifat darg'alari kitobidan) 2. Bir ... o'zimni yo'qotib qo'ydim (P. Qodirov) 3. Bundan kuniga burunga 3-4 ... tomizib tursangiz bormi, darddan butkul forig' bo'lasiz. («Saodat» jurnalidan) 4. U darrov hushini yig'ib oldi. Qo'lini yuvdi-da, bir ... suv ichdi. (O. Husanov) 5. Qol, sen uchun ikki ... paxta terib beraman, — dedi (Sh. Xolmirzayev) 6. Ikki ... palov hash-pash deguncha yo'q bo'ldi. (Sh. Xolmirzayev)
1. Qanday so'zlar hisob so'zlari deyiladi?
2. Hisob so'zlari necha turga bo'linadi?
3. Masofa, vaqt va sath o'lchovini bildiruvchi so'zlar qaysilar? Ular yordamida birikmalar hosil qiling.
Dostları ilə paylaş: |