Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Oddiy va o'nli kasrlarni avval arab raqamlari bilan, so'ngra harflar bilan yozing.
BILIB OLING. Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar kasr son deyiladi. Butun miqdorni bildiruvchi qism ko'pincha chiqish kelishigida keladi: o'ndan bir, uchdan ikki.
ESDA TUTING. ½, ¼, 1/8, ifodalari ikkidan bir, to'rtdan bir, sakkizdan bir tarzida, shuningdek, yarim, chorak, nimchorak tarzida o'qiladi.
416-mashq. Berilgan raqamlarni harflar bilan yozing. O'qilishiga e'tibor bering. Kasr sonlarni ajratib, ular ishtirokida gaplar tuzing.
1- 10- 7- 14; 8/ 10 , 2/5, ½
417-mashq. Berilgan gaplardagi kasr sonlarni aniqlang.
1. Bolalar eshaklarga yem berib, o'zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soatcha vaqt o'tdi. (O. Yoqubov) 2. Oilada kimda-kim sahar soat to'rt yarim-beshlarda uyg'onsa, o'sha kartochkani olib, yuzga yaqin odamdan iborat navbatga chopadi. (S. Azimova) 3. Yo'lning kengligi 10,5 metrni tashkil qiladi. 4. Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi.
418-mashq. Quyidagi sonlar yana qanday ifodalanadi. Ularni qatnashtirib gaplar tuzing.
Chorak, yarim, nimchorak, beshdan bir, uchdan ikki.
419-mashq. Kasr sonli gaplarni daftaringizga ko'chiring. Kasr sonlarning qanday ifodalanishini ayting.
1. Navro'z juda qadimiy bayramlardan, ya'ni salkam 3000 yillik tarixga ega. («Gulxan»dan) 2. Tanlariga sal qon yugurgan bolalar qoplarni ortib, ikki yuz qadam yurar-yurmas, uchinchi kechuvga duch kelishdi. (O. Yoqubov) 3. U bu xabarni eshitib, yarim kechasi otda yo'lga tushibdi. (O'. Umarbekov) 4. Ularning to'rtdan uch qismi o'z ahamiyatini yo'qotdi. (U. Normatov) 5. Birinchi kuni gazlamaning to'rtdan bir qismi, ikkinchi kuni qolgan gazlamaning beshdan bir qismi sotildi. («Matematika»dan)
1. Kasr sonlar nimani ifodalaydi?
Dostları ilə paylaş: |