Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
6-topshiriq. Quyidagi sonlarni jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Mingtacha, ellik, beshtadan, yuzlab, qirqta, yigirma, besh, uchdan bir, beshdan ikki, o'ttiztacha, to'qqiztadan, beshovi, uchalasi, o'ntadan, sakkiz, yettita, yetmishta, to'qqiz, minglab, minglarcha, o'n sakkiz, yarim.
Sanoq son
|
Dona son
|
Chama son
|
Jamlovchi son
|
Taqsim son
|
Kasr son
|
|
|
|
|
|
|
7-topshiriq. Nuqtalar o'rniga quyida berilgan sonlardan mosini qo'yib ko'chiring. Sonlarning gapdagi vazifasini tushuntiring.
1. Uning oldidagi ... nok va behi daraxtlari hozir oppoq bo'lib gullab turibdi. (P. Qodirov) 2. Rasul samolyot derazasidan kaftdek ko'rinib turgan bu dashtni... marta ko'rayotgani yo'q. (O. Yoqubov) 3. Odam hayotda iz qoldirib ...ga kirsa, yoshlikdagi kayfiyat, g'ayrat turaverar ekan. (Abdulla Qahhor) 4. Bir mahal qovun poliziga kelib qolibmiz. Abdullajon ... qirqmani uzib chiqdi. (O'. Umarbekov)
Dostları ilə paylaş: |