BILIB OLING. So'zlarning so'rog'i va qanday umumlashgan ma'no ifodalashiga ko'ra guruhlarga bo'Iinishi so'z turkumlari hisoblanadi.
So'z turkumlari ma'no va vazifasiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi; 1. Mustaqil so'zlar. 2. Yordamchi so'zlar. 3. Undov so'zlar. 4. Taqlid so'zlar. 5. Modal so'zlar.
78-mashq. Matnni o'qing, undagi so'zlarga so'roq berib, ma'nosini aniqlang, mustaqil va yordamchi so'z turkumlariga ajrating.
U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho'lga suv chiqaribdi. Yer ochib urug' sepibdi. Ko'chat ekibdi. Hamma yoq ekinzor, bog'-rog'ga aylanibdi. Shunda qayoqdandir son-sanoqsiz yov bostirib kelibdi. Ekinzorlarni payhon qilishibdi, daraxtlarni qirqib yoqishibdi. Dehqonobodliklar yovga qarshi bosh ko'tarishibdi. Kenja botir jangda akalaridan ayrilibdi. Boshqa sheriklari ham jangda halok bo'lishibdi. Yov: «Bizga bo'yin eg!» debdi. Kenja botir: «Dushmanga tiz cho'kib yashagandan, tik turib o'lganim yaxshi!» debdi. (S. Anorboyev)
BILIB OLING. Ma'lum bir so'roqqa javob bo'lib, biror gap bo'lagi vazifasida keladigan so'zlar mustaqil so'zlar sanaladi: fe'l, ot, sifat, son, olmosh va ravishlar mustaqil so'zlardir.
79-mashq. So'zlarga so'roq berib, guruhlarga ajrating. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Maroqli, tabiat, iroda, shubhalanmoq, shu, minglarcha, hatto, harakatchan, ehtirom, ta'sir, ko'rsatmoq, bo'ysundirmoq, qo'llab-quvvatlamoq, va, haqiqat, unutmoq, biroq, agar, oliyjanob, million, ertalab, tez, ular, yaratmoq, yuzlab, keskin, oddiy, biz, har qaysi, albatta, voy, oh.
80-mashq. Hikmatli so'zlarni daftaringizga ko'chiring. So'zlarga so'roq berib, ularning qaysi so'z turkumiga kirishini aniqlang.
1. Olimlarning xizmati mangu qoladi. (Ulug'bek) 2. Haqiqatni ochinglar, to'g'ri yo'ldan yuringlar. Bir-biringizdan bilim o'rganinglar. (Abu Ali ibn Sino) 3. O'qib-o'rganmasdan ham foyda-zararning farqiga yeta olaman degan odamni tentak deb bilmoq kerak. (Suqrot) 4. Ilm urug'lari sochilsa, elga baraka beradi. (D. Mendeleyev)
Dostları ilə paylaş: |