Tashkiliy qism: A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy) Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: 1-topshiriq. Daraxtlarning yaproqlari oltinday sarg'aydi gapidagi fe'lning harakat yoki holatga oid ekanligini aniqlang. Uni bo'yamoq fe'liga solishtiring.
2-topshiriq.Silkinmoq, qimirlamoq, to'planmoq fe'llarining harakat yoki holatni ifodalashini ayting.
BILIB OLING. Fe'llar nimani atab kelishiga ko'ra harakat fe'llari va holat fe'llariga bo'linadi. Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro'y bergan harakatni bildiruvchi fe'llar harakat fe'llari hisoblanadi. Shaxslaring ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o'tish jarayonini ifodalovchi fe'llar esa holat fe'llari sanaladi. 86-mashq. Matnni o'qing, fe'llarni harakat va holat fe'llariga ajratib ko'chiring.
U choyxona yonidan o'tib borarkan, ichkaridan taralayotgan kuy tovushlarini eshitib, to'xtab qoldi.
Bolaning yuragi hapriqib ketdi. Uyi tarafga yugurdi. Bir bo'lak yog'och parchasini topib, uni pichoq bilan yo'ndi, tekisladi... Nihoyat, shakli dutorga o'xshagan bir nima yasadi. Keyin unga ot qilidan tor tortdi va tirnoq barmoqlari bilan asta chertib ko'rdi. Ojizgina vizillagan tovush eshitildi. Yana chertdi... Yana... Shu kuni ohang tug'ildi. Bola uchun yangi, ohangli bir olam paydo bo'ldi. (E. Usmonov) 87-mashq. Ikki guruhga bo'lining. Birinchi guruhdagilar harakat, ikkinchi guruhdagilar holat fe'llarini yozsin.
Tasvirlamoq, kuylamoq, taralmoq, qotmoq, o'ylamoq, eshitilmoq, porlamoq, yiqilmoq, jimirlamoq, unmoq, o'smoq, fikrlamoq, ikkilanmoq, qaytarmoq.