c)kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu: l. Fe'llarning vazifa shakllari deb nimaga aytiladi? 2. Harakat nomi qanday hosil qilinadi? 3. Sifatdosh yasovchi qo'shimchalar qaysilar?
4. Ravishdosh yasovchi qo'shimchalarni ayting.
5. Fe'lning vazifa shakllariga xos belgilar qaysilar?
1-topshiriq. Matnni o'qing. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi qo'shimchalardan mosini qo'yib, fe'lning vazifa shakllarini hosil qiling.
Bir bog'bon birovning bog'ini parvarish qilar edi. Bog'da bir olma daraxti bo'l... (-gani, -yotgan, -ib), mevasi juda shirin edi. Bog'bon bu daraxtni sevar, mevasi pish... (-ib, -ish, -qani)i bilan bog' egasining oldiga olib borardi. Bu gal ham bog' egasi keltiril... (-kan, -qan, -gan) olmadan g'oyat xursand bo'ldi va uni o'z hovlisiga keltir... (-ay, -gun cha, -ib) o'tqaz... (-gani, -ish, -quncha)ni buyurdi. Ko'chiril... (-ib, -y, -gan) olma daraxti qurib qoldi.
Ochko'z bog' egasi olmaning boridan ham ajralib qoldi. (Rivoyat)
2-topshiriq.Yoz, keltir, sot, qur, o'qi asoslaridan fe'l shakllarini hosil qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
3-topshiriq. Matnni ko'chiring. Ajratib ko'rsatilgan fe'l shakllariga diqqat qiling, so'rog'ini, bog'langan so'zini aniqlang.
Asal yiliga ikki marta: bahorda va kuzda yig'ilar edi. Dadam tayyor hosilni sirli tog'oralarga solib, oftobda eritib, mumlarini ajratardilar. «O'g'lim, asal shirin, xizmati qiyin», deb qo'yar edilar dadam har zamonda. Dadam birinchi hosilni qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug'larga «Og'zi tegsin» deb, tarqatar edilar.
Shunda men: «Nega qo'shnilarga qiyin mehnatingiz evaziga yuzaga kelgan bolni tarqatamiz?» derdim. Dadam kulib: «Hosil mo'l, qolaversa, qo'shnilarning ham haqi bor, chunki arilar ularning bog'idagi gullardan ham bol so'rib olganlar,» derdilar. (Habibullo Qodiriy)