dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish; Dars uslubi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə128/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
BILIB OLING. -di qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli so'zlovchining bevosita o'zi ko'rgan harakat va holatni bildiradi. Bu qo'shimchadan so'ng shaxs-son qo'shimchasining -m, -k (qoldim, qoldik), -ng, -ngiz (qolding, qoldingiz) shakllari qo'llaniladi.
-(i)b qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli ilgari ro'y bergan harakat va holatning so'zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va bu qo'shimchadan so'ng shaxs-son qo'shimchasining -man, -miz, -san, -siz, -di(-lar) shakllari qo'shiladi.
-gan qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi va bu qo'shimchadan so'ng shaxs-son qo'shimchasining -man, -miz; -san, -siz shakllari qo'shiladi.


209-mashq. Topishmoqlarning javoblarini toping. O'tgan zamon fe'llarining yasalishini izohlang.
1. Oq yer ochdim, qora bug'doy sochdim. 2. O'zi qator joylashgan, bir-biriga boylangan, bir-birini kuzatar, behisob nur uzatar. 3. Mixlangan qulog'idan, suv quyar oyog'idan. 4. Ko'k ko'ylakka g'o'za yoydim.


210-mashq. Ko'chiring. O'tgan zamonni hosil qiluvchi qo'shimchalarning tagiga chizing.
Men iljayib turaverdim. U ovutib turgan ukamni qo'ydi-da, qo'g'irchoqlarining oldiga yugurib ketdi. Men ham «lip» etib hujraga kirib, ho'qachadan yog' o'yib oldim. U yerdan chiqib o'tinxonaga kirdim. Kulrang tovug'im, qarasam, piyozdan qilingan moyak ustida tug'ib o'tirar edi. Sekin borib, qanotini ko'tarib boqsam, allaqachon tug'ib bo'lgan ekan, lekin onalik mehri bilan tuxumni bosib yotar ekan. U tuxumni oldim. Tovuq qaqalab qochdi. (G'afur G'ulom)
1. -di qo'shimchasi yordamida o'tgan zamon fe'llarini yasang.
2. -(i)b qo'shimchasi yordamida o'tgan zamon fe'llarini hosil qiling.
3. -gan, (-kan, -qan) yordamida o'tgan zamon fe'llarini yasang.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin