dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


BILIB OLING. Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so'ng yuz berishini bildiradi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə138/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

BILIB OLING. Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so'ng yuz berishini bildiradi.
Bu zamon shakllari fe'l asoslariga -a, -y, -(a)r qo'shimchalarini va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi.
Bu shakllar ba'zan harakatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi. Masalan: Akam kollejda o'qiydi.
ESDA SAQLANG. Undosh bilan tugagan fe'l asoslariga kelasi zamonning -a, -ar, unli bilan tugagan fe'l asoslariga -y, -r, bo'lishsiz fe'l shakllariga esa -s qo'shimchasi qo'shiladi. -(a)r shakli kelasi zamonni gumon, taxmin yo'li bilan ifodalaydi.
222 mashq. Berilgan gaplardagi fe'llarni toping. Kelasi zamon ma'nosini ifodalayotgan qo'shimchalarni aniqlang.
1. Daryoning suvi ko'paysa, baliqlarning chiqishi oson bo'ladi. (Said Ahmad) 2. Kunlarning sanog'in bilmay qolasan. (Omon Muxtor) 3. Maktabga boray, Siz aytgan narsani topay, keyin aytaman. («G'uncha») 4. Dalaga suv chiqaraman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi. (Said Ahmad) 5. Ertaga mashina kelar, kelmasa, yo'lga chiqmayman. (Omon Muxtor)
223-mashq. Berilgan gaplardan kelasi zamon ma'nosini bildirgan fe'llarni topib, tahlil qiling.
1. Har holda menga o'xshagan o'yinqaroq bolalar uchun bu yerda ermak topiladi. (G'afur G'ulom) 2. Dunyoda qanday yaxshilik va xayriyatlik bo'lsa, shu birgina qizi uchun istar va orzu qilardi. (Cho'lpon) 3. Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o'lkalarga uchib ketadi. 4. Bahorning iliq kunlarida dam olishga boraman. ( U. Hamdam) 6. Mix bolg'adan qutulaman deb, taxtaga kirib ketdi. (Asqad Muxtor)
1. Kelasi zamon deb nimaga aytiladi?
2. Kelasi zamon fe'llari qaysi qo'shimchalar yordamida yasaladi?
3. Kelasi zamon fe'l shakllarining hozirgi zamon ma'nosini ifodalashiga misollar keltiring.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin