Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
individual - tarqatma materiallar, kartochka.
Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan so'z shakllarini tarkibiy qismlarga ajrating.
Uxladim, uxlabman, uxlayman, uxlaganman, uxlayapman, uxlading, uxlabsan, uxlaysan, uxlagansan, uxlayapsan, uxladi, uxlabdi, uxlaydi, uxlagan, uxlayapti.
2-topshiriq. -m, -ng, -ngiz; -man, -miz, -san, -siz qo'shimchalarining qanday vazifa bajarishini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |