Dars rejasi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə1/12
tarix06.06.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#125726
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
konspektlar Abdullayeva Z



“ TASDIQLAYMAN”
“Matematik tahlil “ kafedrasi mudiri: R.Sharipov
_____________ ____
DARS REJASI.

Dars o‘tiladigan sana : ________

Fan: Matematik analiz

Guruh: 201-203 amaliy matematika

Jami o‘quvchi:

Mavzu nomi: Darajali qatorlar. Darajali qatorlarning yaqinlashish radiusi va sohasi. Koshi-Adamar formulasi.

Darsning maqsadlari:

a)ta`limiy: Talabalarda mavzu bo‘yicha ilmiy bilimlarni hosil qilish, darajali qatorlar va uning yaqinlashish radiusini topishga doir ko‘nikma yaratish.

b)tarbiyaviy: Talabalarda jamiyatdagi o‘z o‘rnilarini belgilashda hamda masuliyatli bo‘lib tarbiyalanishlarini taminlash.

c)rivojlantiruvchi: Talabalar o‘z ustida mustaqil shug‘ullanishlari uchun ko‘nikmalarni shakillantirib borish.

Dars turi: ma’ruza

Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 minut

Uyga vazifa: Б.П.ДЕМИДОВИЧ - Сборник задач и упражнений по математическому анализу-2819-2825

O‘qituvchi: Abdullayeva Zaynabxon
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI



Mashg‘ulot bosqichlari

Ajratilgan vaqt

Mashg‘ulot mazmuni

Ta’lim vositalari

1

Tashkiliy qism

5 minut

Talabalar davomadi bilan tanishish jurnal yozish

Jurnal

2

Kirish qismi

10 minut

O‘tilgan mavzuni takrorlash , uyga vazifalarni tekshirish

Darsliklar, tarqatma materiallar

3

Yangi mavzuning bayoni

45 minut

Yangi mavzu bilan talabalarni tanishtirish misol masalalarni yechishni o‘rgatish

Darsliklar, texnik vositalar, proyektr. O‘quv qo‘llanmalar.

4

Mustahkamlash

15 minut

Mavzu bo‘yicha talabalarni mustaqil shug‘ullantirish

Misol - masalalar to‘plamlari. Tarqatma materiallar.

5

Yakuniy qism

5 minut

Uyga vazifa berish. Darsni yakunlash

Misol – masalalar to‘plami.


Darajali qatorlar. Darajali qatorlarning yaqinlashish radiusi va sohasi. Koshi-Adamar formulasi
Reja:

  1. Darajali qatorlar. Abel teoremasi

  2. Darajali qatorlarning yaqinlashish radiusi

  3. Koshi-Adamar teoremasi

Tayanch tushunchalar
Darajali qator, yaqinlashish radiusi, yaqinlashish intervali
Funksional qatorlar orasida , uning xususiy holi bo’lgan ushbu
(1)
yoki umumiyroq ,
(2)
qatorlar matematikada va uning tatbiqida muhim rol o’ynaydi.
(1) va (2) qatorlar darajali qatorlar deb ataladi.
Agar (2) qatorda deb olinsa, u holda, bu qator o’zgaruvchiga nisbatan (1) qator ko’rinishiga keladi. Demak, (1) qatorlarni o’rganish kifoyadir.

  1. qatordagi haqiqiy sonlar (1) darajali qatorning

koeffitsiyentlari deb ataladi.
Darajali qatorning tuzulishidan, darajali qatorlar bir-biridan faqat koeffitsiyentlari bilan farq qilishini ko’ramiz.
Misollar. Ushbu





qatorlar darajali qatorlardir.
Shunday qilib, darajali qatorlarning har bir hadi da berilgan funksiyadir. Binobarin, darajali qatorni, formal nuqtai nazardan, da qarash mumkin. Ammo, tabiiyki, ularni ixtiyoriy nuqtada yaqinlashuvchi deya olmaymiz.
Albatta, ixtiyoriy darajali qator nuqtada yaqinlashuvchi bo’ladi. Bu ravshan. Demak, darajali qatorning yaqinlashish sohasi aslida nuqtani o’z ichiga oladi.
Darajali qatorning yaqinlashish sohasi (to’plami) strukturasini aniqlash quyidagi Abel teoremasiga asoslanadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin