Maktabgacha ta’lim
– bu milliy pedagogik
kadrlar tayyorlashning boshlang’ich shakli.
Maktabgacha ta’limning
vazifasi
bolani
sog’lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta’minlash, ulardagi o’qishga
intilish hissini uyg’otish va uni muntazam
ta’lim olishga tayyorlashdan iboratdir.
Maktabgacha ta’lim bola 6 – 7 yoshga
etguncha davlat va nodavlat maktabgacha
tarbiya bolalar muassasalarida hamda
oilalarda amalga oshiriladi. Uning maqsad
–
vazifalarini ro’yobga chiqarishda mahallalar,
jamoat va hayriya tashkilotlari, halqaro
fondlar ishtirok etishi mumkin.
•
Umumiy o’rta ta’lim
– bu to’qqiz yillik (I
– IX sinflar) o’qitishdan iborat bo’lgan
umumiy o’rta ta’lim – majburiy ta’limdir.
Bunda ta’lim oluvchilarning fanlar asoslari
bo’yicha muntazam bilim olishlarini,
ularda bilim o’zlashtirish ehtiyojlarini,
asosiy o’quv – ilmiy va umummadaniy
bilimlarini, milliy va umumbashariy
qadriyatlarga asoslangan ma’naviy –
ahloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini,
ijodiy fikrlash va atrof
– muhitga ongli
munosabatda bo’lishni va kasb tanlashni
shakllantiradi.
O
’rta umumta’lim
– uzluksiz majburiy
ta’lim bo’lib, unda quyidagi muammolar
hal bo’ladi:
• fanlar asoslari bo’yicha uzluksiz bilim
beriladi;
• mehnat ko’nikmalari shakllanadi;
• ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli
munosabatda bo’lishi o’rgatiladi;
• kasb tanlash shakllanadi.
• Umumiy o’rta ta’limning dastlabki bosqichi
boshlang’ich ta’lim deb nomlanadi.
•
Boshlang’ich ta’lim
– umumiy o’rta
ta’limning dastlabki bosqichi. O’zbekiston
Respublikasida boshlang’ich ta’lim 1 – 4
sinflarda bolalarga ilk ta’lim berish, ularni
ma’naviy kamol toptirishning boshlang’ich
davri hisoblanadi. U 1
– 4 sinflarni o’z ichiga
oladi va bunda o’qish 6 – 7 yoshdan
boshlanadi. Boshlang’ich ta’lim umumiy
o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan
savodhonlik bilim va ko’nikma asoslarini
shakllantirishga qaratilgan boshlang’ich
ta’lim sinflari uchun o’quv rejasi va
dasturlari mavjud.
|