Oliy ta’limning DTS
– ta’limning bakalavriat
muayyan yo’nalishi yoki magistratura
mutahassisligiga qo’yiladigan malaka
talablari, ta’lim mazmuni, bakalavr yoki
magistr tayyorgarligining zaruriy va etarli
darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini
baholash darajalarini belgilaydigan etalon
daraja.
•
Bakalavriat
– mutahassisliklar yo’nalishlari
bo’yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, ta’lim muddati kamida 4 yil
bo’lgan tayanch oliy ta’limdir.
•
Magistratura
– aniq mutahassislik bo’yicha
fundamental va amaliy bilim beradigan
bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2
yil davom etadigan oliy ta’limdir.
•
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.
• Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy
malakali ilmiy va ilmiy
– pedagog kadrlarga bo’lgan
ehtiyojlarini qondirishga, Shaxsning ijodiy ta’lim kasb
– hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilgan.
• Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni oliy o’quv
yurtlarida va ilmiy
– tadqiqot muassasalarida
(aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil
tadqiqotchilik) olish mumkin. Oliy o’quv yurtidagi
keyingi ta’lim bosqichlarida (aspirantura,
doktorantura) dissertatsiya himoyachi bilan
yakunlanadi.
•
Aspirantura
– oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
bosqichi bo’lib, magistrlik negizida uch yil (to’rt yil
sirtqi) davom etadi. Aspirantura UTTning tarkibiy
qismi, oliy malakali ilmiy va ilmiy
– pedagogik
kadrlaar (fan nomzodlari) tayyorlash shakli. Bu
darajaning maqsadi muayyan mutahassislik bo’yicha
oliy toifali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni
shakllantirishdan iborat. Dissertatsiyani muvaffaqtyatli
himoya qilganlarga “Fan nomzodi” ilmiy darajasi
beriladi.
|