II. Aqliy hujum (2 daqiqa)
Masala: Qizchada 10 ta otkritka bor edi. Qizcha otkritkalarni 5 ta dugonasiga sovg’a qilishga ikkilanib turganda “Sehrli chol” paydo bo’ladi. “Sehrli chol” qizchaga bu otkritkalarni dugonalariga sovg’a qilsa, ularning hursand bo’lishlarini aytadilar.
Bolalar, qizchaga bu ishni bajarishga yordam bering;
10:5=2. O’quvchilar javoblari tinglanadi. Har bir qizga 2 tadan otkritka beriladi;
Qizcha buvasining taklifini qabul qilib to’g’ri ish qildimi?
“Qari bilganni pari bilmas” maqoli to’g’ri ekanligi ta’kidlanadi;
Sizningcha qizning dugonalari qanday his–tuyg’ularni boshdan kechiradilar?
1 – 2 ta qizlardan so’rab, umumlashtirladi;
- Bugungi darsimizda bu qadrli buvaning ishtirok etishlarini so’raymiz. Buvaning sandiqlarida “sehrli”, ya’ni “Rahmat”, “Iltimos”, “Kechirasiz” degan so’zlarni qo’llagan o’quvchilarga sovg’alari bor. Darsning yakunida yaxshi ishtirok etgan, odobli, ahloqli bolalarga sovg’alar ulashiladi.
Dostları ilə paylaş: |