Darsdan tashqari tadbirlarda o`quvchilarni ekolog- targ`ibotchilikga tayyorlash masalalari xojanov Bahadir Keunimjaevich



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix20.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#157934
1   2   3   4
darsdan-tashqari-tadbirlarda-o-quvchilarni-ekolog-targ-ibotchilikga-tayyorlash-masalalari

Kim xabar bermoqchi?
- beriladigan ma`lumot tahlili. 
2). 
Nimani xabar qilmoqchi ?-
mazmun tahlili. 
3).
Qaysi tarmoq bo`yicha?
– vositalar tahlili (qanday xabar beruvchi vositalardan 
foydalanadi). 
4). 
Kimga xabar bermoqchi ? –
auditoriya tahlili. 
5). 
Xabarni qalay berish kerak?-
xabar berish sifatining tahlili. 
6). 
Qanday yutuqlar bilan ?
- olingan natijalar tahlili. 
O`quvchilar bilan olib boriladigan targ`ibotchilik ishining yutuqlari ko`pgina psixologik 
faktlarga bog`liq. Ulardan biri xabarda ma`lumotlarning birlamchiligidir. CHunki, inson birinchi 
o`rinda o`zining qarashlariga to`g`ri keladigan xabarlarni yaxshi va tez qabul qiladilar. 
Boshqalaridan esa, qabul qilishdan o`zlarini olib qochishga xarakat qiladilar. 
Targ`ibot- tashviqot ishlarining muvofaqiyatli amalga oshishi uchun targ`ibot ishini olib 
boruvchi to`garaklarga ishonchning bo`lishi va ularning qanday obruga ega ekanligiga va 
komponentligiga bog`liq bo`ladi. SHuning uchun ham maktabda tashkil etiladigan targ`ibot- 
tashviqot ishlarini to`g`ri tashkil eta olish va ularga qabul qilingan a`zolarni kengroq
ma`lumotlar bilan qurollantirib, ularning obrularini oshirib borish kerak bo`ladi. 
YOshlar o`rtasida ekologik bilimlarni samarali targ`ib etish, ularda tabiat va atrof –
muhitga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish,
umumiy o`rta ta`lim maktablari 
o`quvchilaridan ekolog- targ`ibotchilar tayyorlash
o`ta dolzarb muammo hisoblanadi.


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
378 
Uzoq muddatli kishilik taraqqiyoti tarixi davomida tabiatga nisbatan mehr- muhabbatli 
munosabatda bo`lishi yoki aksincha, unga zarar etkazuvchi holatlarning barchasi ahloqiy me`yorlar 
yordamida tartibga solingan. Tabiat va inson manfaatlari kesishgan nuqtada shaxsning tarbiyalanganlik 
darajasi axloqiylik, axloqiy etuklik, axloqiy ong, axloqiy tafakkur hamda axloqiy madaniyatlik kabi 
mezonlar bilan o`lchangan. 
Endilikda atrof muhitga ta`sir etayotgan inson faoliyati ekologik onglilik, ekologik 
ongsizlik, ekologik idrok, ekologik tafakkur, ekologik ma`sullik, ekologik faollik va ekologik 
faoliyatsizlik, ekologik madaniyat va ekologik madaniyatsizlik ekologik ma`naviyat, kabi 
tushunchalar asosida baholanmoqda. O`z - o`zidan ravshanki, mazkur tushunchalar mazmunida 
axloqiy asoslar ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bizning e`tiborimizni tortgan, jamiyat ijtimoiy hayoti hamda ekologik tizim doirasida 
o`ziga xos o`rin tutuvchi va shaxs xulq - atvori, xatti - harakati va faoliyatining etakchi sifat 
ko`rsatgichi bo`lgan ekologik ongning mazmuni nimadan iborat, u qachon va qanday holatda 
namoyon bo`ladi, uni shakllantirish yo`llari qanday, buning uchun qanday ekologik tashviqot-
targ`ibot ishlarini olib borishimiz kerak va uni qanday amalga oshirish mumkin kabi savollar 
majmui tadqiqot ishimizni olib borish jarayonida o`z echimiga ega bo`lishi uchun harakat qildik. 
Ishning mazmunini ochib berish borasidagi dastlabki sayi harakat – “ekologik madaniyat" 
tushunchasini sharhlash, uning ilmiy - pedagogik asoslariga urg`u berish, so`ng esa ong, ongsizlik, 
ekologik ong haqida fikr yuritishidan iborat. 
Tabiat va inson o`zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo`ladi. Bu 
qonuniyatlarni buzush o`nglab bo`lmas ekologik falokatlarga olib keladi. Bu muammolarni hal 
etish yoshlarning bilimi, ongi, aql zakovatiga bog`liqligini keltirib o`tadi.
Har bir maktab o`quvchisi ona tabiatni o`zi yashaydigan uy deb bilishi, uning 
komponent(havo, suv, tuproq)larini esa, yashashim, o`qishim va bilim olishim uchun zarur 
bo`lgan muqaddas manba deb hisoblashi zarur.
Tabiat va jamiyat borasida g`amxo`rlik ko`rsatiladigan jamiyatdagina inson va tabiat 
o`zaro munosabatlarining haqiqiy qulay-shakllari mavjud bo`la oladi. Bunday jamiyatda ijtimoiy 
ishlab chiqarish va tabiatni muhofaza etishga, erning sho`rlanishi, suvning ifloslanishi, o`lkaning 
flora, fauna sistemasining buzilishi, atrof-muhitni asrashga da`vat qilish maqsadlari o`rtasida 
hech qanday zarurat bo`lmaydi. Atrof-muhitni muhofaza etish uchun kurashishga da`vat etish, 
targ`ibot- tashviqot ishlarini olib borish so`zsiz, mustaqil respublikamizdagi har bir o`quvchining 
fuqarolik burchiga aylanmog`i lozim. SHuni alohida ta`kidlab o`tish lozimki, yoshlarning 
ekologik onggini shakllantirishning muhim yo`nalishlaridan biri – ularda tabiatga bo`lgan 
axloqiy munosabatlarni tarbiyalashdir. 
Tabiatni sevish, suv, tuproq, olov va havoni e`zozlash, dunyodagi jamiki ezgu amallarni 
pok va bus-butun saqlashga da`vat etishi, insoniyat o`zi o`sib ulg`aygan ona – zaminni, atrof 
muhitni yuksak e`tiqod-ila ardoqlashga hozirgi avlodlarga o`tmish ajdodlardan qolgan merosdir. 
“Er, havo, suv va olov(Quyosh) Markaziy Osiyoda qadimdan e`zozlab kelingan, 
ajdodlarimizninig zardushtiylikdan tortib, to islomgacha bo`lgan barcha dinlar tomonidan 
munosib qadrlab kelingan” Maktab o`quvchilari avvalo, inson, uning madaniyatini, tabiat, 
tabiatni tashkil etuvchi (quyosh, havo, suv, tuproq) komponentlarini va tabiat muhofazasiga oid 
eng zarur tushunchalar mohiyatini bilishga harakat qilishlari kerak bo`ladi. 
Ana shundagina, o`simliklarni payhon qilmaslik, gullarni yulmaslik, o`rmonlar, 
ko`chalarda yurganda shovqin chiqarmaslik; atrofga axlat to`kmaslik, yong`in chiqarmaslik, 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
379 
daraxtlarni kesmaslik; tuproq, havo, suvni iflos qilmaslik, yirtqich hayvonlarni o`ldirish mumkin 
emasligi, energiya, Er va suvdan unumli foydalanish zarurligi anglab etadi. Bu esa, o`quvchida 
o`z Vatani sharafini ongli ravishda himoya qilishga, uning qonun, qarorlarini sidqidildan 
bajaradigan inson sifatida tabiat va uning komponentlarini qo`riqlashga, uning eng yaqin 
ishonchli do`sti va himoyachisi bo`lishga da`vat etadi. 
O`quvchi tabiat va uning qonuniyatlarini, sirlarini bilib olishga intiladi, har qanday 
sharoitda ham tabiat, atrof muhitni qo`riqlash va uning boyliklaridan unumli foydalanish 
g`oyalarini qo`llab-quvvatlashga, shunga amal qilib ongli ravishda, faol targ`ib etishga harakat 
qiladi. 
Bunday ishlarni amalga oshirish maktablarda tashkil etiladigan sinfdan va maktabdan 
tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida amalga oshiriladi. Ilg`or o`qituvchilar maktablardagi 
mavjud imkoniyatlarni hisobga olib, maktab va darsdan tashqari vaqtlarda o`tkazilgan 
mashg`ulotlar mazmuniga ekologiyaga oid bilimlarning xilma-xil jihatlarini singdirishga harakat 
qilmoqdalar. Ayniqsa, biologiya, kimyo, fizika, mehnat ta`limi o`qituvchilari o`quvchilarni 
asosiy ekologik g`oyalar va tushunchalar bilan tanishtirishda ekologiyaga doir materiallar 
mazmuniga tayanib, ish olib boradilar.
Ekologik-targ`ibotchilik bo`yicha tashkil etiladigan sinfdan tashqari tarbiyaviy 
tadbirlarga guruh rahbarlarining tarbiyaviy soatlari, suhbatlar, savol-javob, bahs yoki 
munozaralar, og`zaki jurnal, viktorina, turli hil ko`rgazmalar, to`garak yoki klublar faoliyati 
kiradi. 
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning shakllari o`quvchilar soni va mashg`ulot 
o`tkazilishiga bog`liq holda har xil, ommaviy, guruhlarda va yakka tartibda bo`lishi mumkin.
O`quvchilarda ekologik ongni shakllantirishda maktablarda tashkil etiladigan ekolog-
targ`ibotchilarni tayyorlovchi to`garaklarning o`rin behiyosdir.
Ekolog- targ`ibotchilarni tayyorlash uchun tashkil etiladigan to`garaklarda olib 
boriladigan targ`ibot ishlarini quyidagi uchta: og`zaki, ko`rgazmali va ommaviy axvorot 
vositalari orqali namoyon etish mumkin.
Ko`rgazmali targ`ibot vositalariga: ekologik mavzuga bog`liq bo`lgan plakatlar, 
chaqiriqlar, fotogazetalar, devoriy gazetalar, karikaturalar, ilmominatsiyalar, ko`rgazmalar, 
me`moral xonalarni tashkil etishni kiritish mumkin.
Ommaviy axborot vositalariga – ekologik masalalarni ko`rsatuvchi kinofil`mlar, gazetalar 
va jurnallarda maqolalar chop ettirish, radio eshittirishlar, televideniedan chiqishlar tayyorlash, 
magnitafondan foydalanish, bayram kechalarini tashkillashtirishlarni kiritishga bo`ladi. 
Og`zaki targ`ibot vositalariga- ekologik masalalarni ochib beruvchi dokladlar, chiqishlar, 
ma`ruzalar, 
hisobotlar, 
viktorinalar, 
xabarlar, 
musabaqalar, 
suhbatlar, 
uchrashuvlar, 
diskussiyalar, gaplashishlar, dramalashtirilgan chiqishlar (badiiy asarlar o`qib berish) va 
fol`klorli (ashulalar) turlarni kiritish mumkin. Masalan, «Zakovat klubi» musobaqasini 
o`tkazishni quyidagicha keltirish mumkin. Musobaqaning maqsadi quyidagicha belgilangan: 
Ekologik ta`lim va tarbiyani o`quvchilar ongiga singdirish, o`z Vatanini sevadigan va uni 
himoya qilishga tayyor, e`tiqodi but, sog`lom dunyoqarashli insonlar qilib tarbiyalash. 
O`quvchilarning musobaqaga qadar egallashi lozim bo`lgan bilimlari doirasiga 
quyidagilar kiradi: Ekologiya haqida ma`lumotlarga ega bo`lish, ekologiya fanining rivojlanish 
tarixi va uni o`rganish uchun zaruriyatning nima sababdan payda bo`lganligi, tabiat, atrof-muxit 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
380 
muhofazasi to`g`risida qonunlarni bilish, tabiatni tashkil etuvchi (quyosh, havo, suv, tuproq) 
komponentlarini va tabiat muhofazasiga oid eng zarur tushunchalar bilish.
Tadbirni o`tkazishda quyidagi pedagogik shart–sharoit vujudga keltiriladi: Tadbir 40-50 
o`quvchiga mo`ljallangan yig`ilish xonasida o`tkaziladi. Unda "Zakovat klubi" tipida o`quvchilar 
o`rtasida intellektual o`yin-musobaqa o`tkaziladi. Musobaqa sharti bo`yicha 1-turda 
o`quvchilarning ekologiya fanining rivojlanish tarixi va uni o`rganish uchun zaruriyatning nima 
sababdan payda bo`lganligiga oid bilimlari sinaladi. Bunda quyidagi savollardan foydalanish 
mumkin:
1.
Ekologiya atamasi Kim tomonidan va qachon fanga kiritilgan? 
2.
O`quvchilar o`rtasida ekologik targ`ibot ishlarini olib borish kerakmi, nima uchun 
kerak deb o`ylaysiz?- kabi savollar. 
2-tur musobaqada tabiat, atrof-muxit muxofazasi to`g`risidagi qonun bo`yicha tuzilgan 
masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55 moddasi nima haqida? «O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 49- moddasida nima delingan?- kabi savollardan 
foydalaniladi. 
3-tur shartida esa zakovat klubida ishtirok etayotgan raqib guruhlarning bir-biriga 
beradigan savol-topshiriqlari asosiy manba bo`lib xizmat qiladi. Har ikki guruh ishtirokchilari 3 
tadan savol tayyorlab, konvertga joylaydilar. Raqib guruh qatnashchisi o`zi tanlab olgan konvert 
ichidagi savolga javob berishi lozim. 
Musobaqani baholash o`quvchilar tomonidan belgilangan hay`at a`zolari hukmiga havola 
qilinadi. 
Tadbirlarda qo`llaniladigan bu xildagi noan`anaviy tarbiya shakllari o`quvchilar 
faoliyatini rivojantirish, ularni mustaqil fikrlashga o`rgatish, avvalo, inson, uning madaniyatini, 
tabiat, tabiatni tashkil etuvchi (quyosh, havo, suv, tuproq) komponentlarini va tabiat 
muhofazasiga oid eng zarur tushunchalar mohiyatini anglashlariga yordam beradi.
Ekologik targ`ibot bo`yicha sinfdan tashqari sharoitda yo`lga qo`yilayotgan harakatlar 
muayyan jamoa faoliyat bilan chambarchas bog`liq. O`quvchilarning birgalikdagi ishlari mehnat 
faoliyati, tengdoshlar bilan muloqat ular o`rtasida o`rtoqlik, o`zaro yordam sifatlarini 
tarbiyalaydi, ekologik- targ`ibotchilik bilimlarini ushbu muhitda targ`ib etish esa ularda atrof- 
muhit tozaligi va inson salomatligini muhofazalash yo`lida birgalikda kurashish tuyg`usini qaror 
toptiradi. Sinfdan tashqari sharoitda amalga oshirilayotgan pedagogik ishlar o`quvchilarning 
dunyoqarashini kengaytirib qolmay, balki ularning ekologik va targ`ibotchilik bilimlari 
darajasini chuqurlashtiradi. 
Mazkur masala yuzasidan olib borilgan tadqiqot jarayonida asosiy maqsadni amalga 
oshirishga xizmat qiluvchi tarbiyaviy soat, fakul`tativ va to`garak mashg`ulotlari rejalari tuzib 
olishga qaratildi. 
Tarbiyaviy soat xaftaning shorshanba kuni birinchi soatda o`tkazildi. Mazkur 
mashg`ulotni muayyan sinf rahbari etib tayinlangan o`qituvchi tashkil etadilar. Mashg`ulot 
jarayonida o`rganiluvchi mavzular 5-6- sinflar uchun alohida tuzildi. Bu o`rinda sinf rahbarlari 
o`z ustida ishlash, mavzularni mahalliy sharoit va milliy qadriyatlarga bog`lash, o`quvchilarning 
qiziqishlari va yosh xususiyatlari hisobga olish talab etiladi. Mashg`ulot jarayonida o`quvchilar 
ekologik- targ`ibotchilik bilimlarini qo`shimcha adabiyotlar va ko`rgazmali qurollar, uchrashuv, 
baxs-munozara, davra suhbatlari asosida tushuntirishga alohida e`tibor qaratish lozim. Sinfdan 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
381 
tashqari sharoitda tashkil etiluvchi ekologik- targ`ibot ishlariga umumiy o`rta ta`lim maktablari 
rahbarlari, fan o`qituvchilari va sinf rahbarlari jalb etildi. 
«YOsh ekolog- targ`ibotchilar» to`garagi ish rejasi maktab Pedagogik Kengashi 
tomonidan tasdiqlandi. To`garak ish rejasiga muvofiq ta`lim muassasasi rahbari, fan 
o`qituvchilari, sinf rahbarlari amalga oshiriluvchi tadbirlar mohiyati borasida fikr almashib 
borildi. Muhokama jarayonida ilgari surilgan takliflar asosida faoliyat rejasi mazmunan boyitilib 
borildi. 
«YOsh ekolog- targ`ibotchilar» to`garagida olib boriladigan ishlar mohiyatiga ko`ra 
yakka tartibda, guruh asosida, shuningdek, ommaviy ravishda olib borilishi maqsadga muvofiq 
deb topildi. To`garak a`zolari tomonidan olib boriladigan ishlar yo`nalishi va g`oyasiga ko`ra 
quyidagicha taqsimlandi. 
1. To`garak a`zolari yakka tartibdagi faoliyat mazmuni: 
- sinf xonalarida gullarning bo`lishiga e`tibor berish va uni parvarishlash. 
-maktab er uchastkasidan mazkur sinf uchun ajratilgan maydonlarga mavsumga qarab 
ishlov berish ishlarida alohida mas`ulligini his qilish. 
-sinf, maktab, mahallalarda shanbaliklarni tashkil qilish va faol ishtirok etish. 
-ariqlardagi oqar suvlarning tozaligiga e`tibor berish, 
- sinf rahbari bilan birgalikda ekskursiyalar tashkil etish va ularning natijalari haqida 
axborot tayyorlash, 
- sinf rahbarlari boshchiligida ekologik- targ`ibot ishlari buyicha uchrashuvlar, kechalar 
va suhbatlar tashkil etish.
YAkka tartibda ish olib boruvchi o`quvchi albatta bu ishlarni sinf rahbari boshchiligida 
hamda o`quvchilar yoki to`garak a`zolari bilan birgalikda olib borishi maqsadga muvofiqdir. 
2. Guruh bilan olib boriladigan tadbirlar mazmuni va yo`nalishi: 
- Maktab va maktabdan tashqarida ekologik-targ`ibot ishlarini olib borish, 
-Bolalar bog`chalarida ham ekologik muammolar, ularning oldini olishga yordam 
berishdagi ularning ham o`z o`rinlari bor ekanligi haqida ekologik-targ`ibot ishlarini olib borish, 
- maktab hamshirasi bilan birgalikda maktab uchastkasining ekologik tozaligi o`zlarining 
salomatligiga ta`siri haqida o`quvchilar orasida targ`ibot- tashviqot ishlarini olib borish. 
3. To`garak a`zolari tomonidan ommaviy tarzda uyushtiriladigan tadbirlarning mazmuni 
va yo`nalishi:
-o`quvchilar ishtirokida ekologik targ`ibot-tashviqot ishlari yuzasidan sinflararo tadbirlar 
tashkil etish, 
- xo`jalik rahbarlari, mahalla faollari, tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlari 
ishtirokida atrof muhit muhofazasi, ekologik muammolarning inson salomatligiga ta`siri 
mavzularidagi davra suhbatlari, munozalar uchrashuvlar, suhbatlar, bahslar uyushtirish, 
- boshlang`ich sinflar o`rtasida ekologik-targ`ibot ishlarini olib borishda sinf rahbarlariga 
yordam ko`rsatish, 
-«YOsh ekolog- targ`ibotchilar» to`garagi organi bo`lgan gazetalar va fotolavhalar 
tayyorlab borish, 
-«YOsh ekolog- targ`ibotchilar» to`garagida olib borilayotgan ishlarning yutuq va 
kamshiliklari haqida axborot tayyorlash. 
To`garak mashg`ulotlarini tashkil etishda birqancha talablarga rioya qilish kerak bo`ladi: 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
382 
-mashg`ulotlarning psixologik yo`nalishi, pedagogik saviyasi va o`quvchilarning 
ma`naviy-ekologik tarbiyasiga beriladigan urg`uni, ekologik ongni shakllantirish bilan bir vaqtda 
kechadigan ekologik tarbiya saviyasini oshirish; 
- tabiat vositalarini ekologiyaga bog`lagan holda to`garak a`zolarining ekologik-
targ`ibotchilik tarbiyasi amaliy yo`nalishini kuchaytirish; 
- mashg`ulotlar o`quvchilarni tabiat bilan yaqindan muloqatda bo`lishga, ona tabiatni 
kuzatish bilan bir vaqtda uni tushunishga, tabiatning birligini saqlash va uni kupaytirish bo`yicha 
faoliyatni rivojlantirishga, o`quvchilarning jismoniy va axloqiy sog`ligini mustahkamlashga 
xizmat qilishi kerak. 
Ekolog- targ`ibotchilar jamoasida yuzaga kelgan sog`lom psixologik muhit, o`zaro 
hamjihatlik, bir-biriga bo`lgan ishonch va hurmat darsdan tashqari ekologik-targ`ibotchilik 
tadbirlarining samarali bo`lishida muhim omil bo`lib hizmat qiladi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, darsdan va maktabdan tashqari tadbirlar jarayonida 
o`quvchilarda ekologik-targ`ibotchilik bilimlarini o`zlashtirish hayotiy zaruriyat va uni 
boshqalarga targ`ib etish xavfsiz hayot tarzi garovi sanaladi, shuningdek, ularda ekologik-
targ`ibotchilik borasidagi bilimlarini mustaqil ravishda o`zlashtirish ko`nikmasini tarbiyalashda 
muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin