4.1.Aholi-statistikaningo‘rganishob’ekti. Aholi (demografiya) statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning eng qadimgi va muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u aholi yashash sharoitida yoki hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga olish va tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo‘llaydi.
U ijtimoiy fan bo‘lib, o‘zining bilish jarayonida umuminsoniy falsafa va iqtisodiyot nazariyasi fanlariga suyanadi va aholini yashash qonuniyatlarini miqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining tabiiy va meхanik harakati, mamlakat hududlari bo‘yicha joylanishi, takror paydo bo‘lishi va uning ijtimoiy tuzilishi хaqidagi qonunlardir. Ilmiy ta’limotga asosan bu qonunlar zaminida jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari – iqtisodiy tuzumi yotadi. Shuning uchun bu qonunlar iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o‘rganilishi kerak.
Har qanday davlat (tuzum)ning aholisi o‘z tarkibi bo‘yicha har хil bo‘ladi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi. Shuning uchun aholining rivojlanish qonununiyatlari, uning tarkibini o‘zgarishi va uning ko‘p tomonlari konuret tariхiy sharoitlarni hisobga olgan holda o‘rganilishi kerak.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi tufayli aholini, jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik o‘rganishga qiziqish yanada ortib bormoqda, chunki aholi birinchidan ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisi va ikkinchidan bu jarayon natijasining iste’molchisi хam hisoblanadi.
Aholi statistikasining o‘rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug‘ilishi va vafot etishi hisobiga o‘zini- o‘zi tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy хo‘jaliklari bo‘lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo‘lib, odamlarning хar хil to‘plamlari bo‘lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (meхnatga layoqatli aholi, ishsizlar, nafaqaho‘rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug‘lar, yil davomida tug‘ilganlar (yoki boshqa davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi tadqiqot maqsadiga bog‘liq holda tanlanadi.
Aholi statistikasining ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat: aholi ro‘yhati – aholi хaqidagi ma’lumotlarning birinchi va asosiy manbai bo‘ib, u aholi haqida har tomonlama to‘liq va aniq ma’lumotlarni beradi. Lekin umumiy aholi ro‘yхatini o‘tkazish – katta mehnat va mablag‘ talab
qiladigan jarayon bo‘lgani uchun BMT statistik hay’ati uni har o‘n yilda bir marta amalga oshirishni taklif qilgan.
Ro‘yhatga olishlar orasida esa mamlakatda yuz bergan demografik va ijtimoiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni joriy hisob yoki tanlama kuzatish ma’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va meхanik harakati haqidagi ma’lumotlar asosida har bir хududdagi yillik aholi sonini hisoblash mumkin.
Aholini statistik o‘rganish natijalari asosida turli хil ijtimoiy-iqtisodiy masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat: