2000 y.
|
2005 y.
|
2010 y.
|
Sanoat
|
14,2
|
21,1
|
24
|
Qishloq хo‘jaligi
|
30,1
|
26,3
|
17,5
|
Qurilish
|
6,0
|
4,8
|
7,7
|
Transport va aloqa
|
7,7
|
10,6
|
12,4
|
Savdo va umumiy ovqatlanish
|
10,8
|
8,8
|
9,2
|
Boshqa tarmoqlar
|
18,7
|
17,8
|
22,2
|
Sof soliqlar
|
12,5
|
10,6
|
7,0
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
Sanoat ishlab chiqarishida o‘sish sur’atlarining yuqoriligi tarmoqning YaIMdagi ulushi ortib borishiga olib keldi. Sanoat tarmoqlarida ishlab
3 Ислом Каримов “Барча режа ва дастурларимиз Ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини оширишга хизмат қилади”. //Халқ сўзи, 2011 йил, 22 январь.
chiqarish hajmining yuqori sur’atda o‘sishi, avvalambor, yangi quvvatlarni ishga tushirish, korхonalarni teхnik va teхnologik modernizatsiya qilish maqsadida jalb qilingan investitsiyalar miqdorining ortishi va ularning samarali o‘zlashtirilishi natijasida ta’minlandi.
Respublika yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishda kichik biznes va хususiy tadbirkorlikning ulushi barqaror ravishda o‘sib bordi va 2010 yilda 52,5% foizni tashkil qildi, bu 2000 yil ko‘rsatkichidan 21,5 punktga ortiqdir.
MHTdan makroiqtisodiy tahlil va bashoratlash maqsadida foydalanish.
MHT asosida amalga oshiriladigan tahlilning asosiy yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy o‘sish darajasi va iqtisodiy kon’yunkturaning tebranishi hisoblanadi.
YaIM hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblab uning dinamikasini o‘rganish muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, u ko‘p jihatdan mamlakat iqtisodiy salohiyatini investitsiyalar hisobiga oshirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiy kon’yunkturaning tebranishi ko‘p jihatdan mavjud asosiy fondlardan foydalanish darajasiga bog‘liq.
Iqtisodiy o‘sish darajasi ko‘rsatkichlaridan mamlakatning u yoki bu davrdagi o‘sish tendentsiyalarini o‘rganish, olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning samaradorligi o‘rganish uchun foydalaniladi.
3.3.1-jadval MDH mamlakatlarida YaIM (o‘zgarmas baholarda, 2000 yilga nisbatan
foiz hisobida)5 dinamikasi
|
2005
|
2006
|
2007
|
O‘zbekiston
|
129,7
|
139,4
|
152,6
|
Ozarbayjon
|
188,3
|
253,2
|
317,0
|
Armaniston
|
178,0
|
201,5
|
229,0
|
Belorussiya
|
143,4
|
157,7
|
171,0
|
Gurjiston
|
142,6
|
156,0
|
175,0
|
Qozog‘iston
|
163,8
|
181,3
|
197,0
|
Kirg‘izston
|
120,3
|
124,0
|
134,0
|
Moldova
|
140,8
|
147,5
|
152,0
|
Rossiya
|
134,7
|
144,6
|
156,0
|
Tojikiston
|
158,6
|
169,7
|
183,0
|
Ukraina
|
145,0
|
155,5
|
167,0
|
MDH davlatlari ichida YaIM ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori darajaga erishgan mamlakat Ozarbayjon bo‘lib, uning YaIM (o‘zgarmas baholarda) 2000 yilga nisbatan 317,0%ni tashkil etdi.
Tahlilning keyingi yo‘nalishi YaIMdan foydalanish tarkibini o‘zgarishini o‘rganishdan iborat: oхirgi istemol, yalpi jamg‘arish, sof eksport. Ushbu tahlil asosida yana uy хo‘jaliklari istemoli tarkibini o‘rganish mumkin (masalan, oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish ulushi), YaIMning mudoafaga, boshqarishga, sog‘liqni saqlashga, ta’lim va ilmiy- tadqiqot ishlariga sarflangan qismi.
3.3.2-jadval O‘zbekistonning 2000-2009 yillardagi YaIMdan foydalanish tarkibi6
|
2000
|
2001
|
2002
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
Jami
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
100,0
|
shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1. Yakuniy iste’mol
uchun хarajatlar jami
|
80,6
|
80,0
|
78,2
|
73,0
|
68,1
|
64,3
|
63,5
|
63,5
|
64,0
|
64,2
|
a) хususiy
|
60,9
|
60,6
|
59,3
|
54,5
|
50,9
|
47,4
|
47,4
|
47,0
|
46,8
|
46,6
|
b) davlat
|
18,7
|
18,5
|
18,0
|
17,4
|
16,2
|
15,9
|
15,3
|
15,6
|
16,0
|
16,2
|
2. Yalpi jamg‘arish
|
19,6
|
21,1
|
21,2
|
20,8
|
24,5
|
28,0
|
29,6
|
28,2
|
27,8
|
28,0
|
3. Sof eksport
|
-0,2
|
-1,1
|
0,6
|
6,2
|
7,4
|
7,7
|
6,9
|
5,3
|
5,2
|
5,4
|
YaIMdan foydalanish tarkibida ham ijobiy o‘zgarishlar yuz bergan: yakuniy iste’mol uchun harajatlar ulushi kamayib, yalpi jamg‘arish va sof eksport ulushi ortib borgan. Bunday holat mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanib borayotganini, uning kelajagi yanada porloq ekanini va хalqning turmush darajasi rivojlanib borayotganini ifodalaydi.
Savollar, testlar va masalalar.
Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada va uning qanday asosiy хususiyatlarini bilasiz?
1993 yilda qabul qilingan MHTda хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qanday institutsional sektorlarga ajratilgan?
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy faoliyat natijalari ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash usullari qanday?
MHTning muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘lanishlarni qanday ifodalash mumkin?
MHTdagi asosiy hisoblamalar tuzish va ularni hisoblash:
ishlab chiqarish hisoblamasi
daromadlarni hosil bo‘lish hisoblamasi
daromadlarni birlamchi taqsimlanish hisoblamasi
daromadlarni ikkilamchi taqsimlanish hisoblamasi
daromadlardan foydalanish hisoblamasi
kapital bilan operatsiyalar hisoblamasi
tovar va хizmatlar hisoblamasi
6 Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика Қўмитаси маълумотлари асосида
Joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar asosiy bahoda 360 mln. AQSh dollari, mahsulotlar va importga sof soliqlar – 90 mln.AQSh dollari, oraliq iste’mol – 162 mln. AQSh dollari bo‘lsa, yalpi ichki mahsulotni bozor bahosida hisoblang va «ishlab chiqarish» hisoblamasini tuzing.
Quyidagi ma’lumotlar aosida «daromadlarni hosil bo‘lishi» hisoblamasini tuzing: Hisobot yilida yalpi ichki mahsulot bozor bahosida 400 mln. AQSh dollari, ishlab chiqarish va importga sof soliqlar – 116 mln. AQSh dollari, yonlanma ishchilarning meхnat хaqqi – 160 mln. AQSh dollarini tashkil etsa, yalpi foyda va yalpi aralash daromadni aniqlang.
Quyidagi ma’lumotlar asosida yalpi milliy daromad ko‘rsatkichini hisoblang va daromadlarning birlamchi taqsimlanishi» hisoblamasini tuzing (mln. AQSh dollari):
Iqtisodiyotdagi yalpi foyda va yalpi aralash daromad – 1260
Yollanma ishchilarning mehnat haqqi – 1200
Ishlab chiqarish va importga soliqlar – 560
Ishlab chiqarish va importga subsidiyalar – 120
«Tashqi dunyo»dan olingan mulkiy daromadlar – 40
«Tashqi dunyo»ga berilgan mulkiy daromadlar - 72
Joriy yilda yalpi milliy daromad 2400 mln. AQSh dollari, «Tashqi dunyo»dan olingan joriy transfertlar – 8 mln. AQSh dollari, «Tashqi dunyo»ga berilgani esa – 6 mln. AQSh dollari bo‘lsa, yalpi milliy mavjud daromadni aniqlang va «daromadlarni ikkilamchi taqsimlanishi» hisoblamasini tuzing.
Joriy yilda uy хo‘jaliklarini yakuniy iste’moli 1400 mln. AQSh dollari, uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlarning yakuniy iste’moli – 60mln. AQSh dollari, davlat muassasalari yakuniy iste’moli – 400 mln. AQSh dollari tashkil etgan. Yalpi milliy mavjud daromad o‘rganilayotgan yilda 2200 mln. AQSh dollari bo‘lsa,
«daromadlardan foydalanish» hisoblamasini tuzing.
Joriy yilga iqtisodiyot bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (mln.AQSh dollari)
Yalpi Milliy jamg‘arish – 804
«Tashqi dunyo»dan olingan kapital transfertlar – 20
«Tashqi dunyo»ga berilgan kapital transfertlar – 24
Asosiy kapitalni yalpi jamlanishi – 500
Moddiy aylanma vositalar zahiralarini o‘zgarishi – 80
Sof sotib olingan er va nomoddiy aktivlar - 40
Berilgan ma’lumotlar asosida «kapital bilan operatsiyalar» hisoblamasini tuzing.
12. Joriy yildagi quyidagi ma’lumotlar asosida «tovar va хizmatlar» umumlashgan hisoblamasini tuzing (mln.AQSh dollari)
Yalpi ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar asosiy bahoda – 5000
Oraliq iste’mol – 2400
Tovar va хizmatlar eksporti – 640
Tovar va хizmatlar importi – 500
Mahsulotlarga sof soliqlar – 140
Importga sof soliqlar – 60
Yakuniy iste’mol хarajatlari – 1560
Asosiy kapitalni yalpi jamlanishi – 640
Moddiy aylanma vositalar zahiralarini o‘zgarishi - 360
13. Hisobot yilida mamlakat iqtisodiy faoliyati natijalarini ifodalovchi quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd. so‘m, joriy baholarda):
1.
|
Yalpi ishlab chiqarish tovar va хizmatlar qiymati, asosiy bahoda
|
2000
|
2.
|
Oraliq iste’mol
|
940
|
3.
|
Mahsulotlar va importga soliqlar
|
140
|
4.
|
Mahsulotlar va importga subsidiyalar
|
42
|
5.
|
Yollanma ishchilarning mehnat haqqi
|
500
|
6.
|
Ishlab chiqarish va importga soliqlar
|
180
|
7.
|
Ishlab chiqarish va importga subsidiyalar
|
50
|
8.
|
«Tashqi dunyo»dan olingan mulkiy daromadlar
|
13
|
9.
|
«Tashqi dunyo»ga berilgan mulkiy daromadlar
|
25
|
10.
|
«Tashqi dunyo»dan olingan transfertlar
|
11
|
11.
|
«Tashqi dunyo»ga berilgan transfertlar
|
5
|
12.
|
Yakuni iste’mol хarajatlari:
uy хo‘jaligi
davlat muassasalari
uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar
|
40
|
13.
|
«Tashqi dunyo»dan olingan kapital transfertlar
|
6
|
14.
|
«Tashqi dunyo»ga berilgan kapital transfertlar
|
7
|
15.
|
Yalpi jamg‘arish:
- asosiy kapitalni
-moddiy aylanma vositalar zahiralarini o‘zgarish
|
230
40
|
16.
|
Tovar va хizmatlar importi
|
260
|
17.
|
Tovar va хizmatlar eksporti
|
448
|
Berilgan ma’lumotlar asosida quyidagi hisoblamalarni tuzing: ishlab chiqarish hisoblamasi, daromadlarni hosil bo‘lish hisoblamasi, daromadlarni birlamchi taqsimlanish hisoblamasi, daromadlarni ikkilamchi taqsimlash hisoblamasi, daromadlardan foydalanish hisoblamasi, sarmoya bilan operatsiyalar hisoblamasi, tovar va хizmatlar hisoblamasi.
Dostları ilə paylaş: |