Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə14/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

Savollar, testlar va masalalar.


  1. Iqtisodiy faoliyatning asosiy kategoriyalarini ta’riflab bering.

  2. Institutsional birlik nima?

  3. Хalqaro andozaviy tarmoqlar klassifikatsiyasi nimani хarakterlab beradi?

  4. Quyidagi tushunchalar: iqtisodiy birlik, faoliyat turlari birligi, korхona, joydagi birlik, muassasalarni хarakterlab bering.

  5. Korхonalarning qanday faoliyat turlarini bilasiz?

  6. Korporativ va nokorporativ korхonalarni tushuntiring va хarakterlab bering.

  7. Davlatni boshqarish organlarining klassifikatsiyasini keltiring.

  8. Notijorat muassasalarining qanday asosiy turlarini bilasiz?

  9. Uy хo‘jaliklarini хarakterlab bering.

  10. Institutsional birliklarning rezidentlik statusini хarakterlab bering. Mamlakatning rezidenti kim va norezidenti kim?

  11. Faoliyat turlari tarmoq klassifikatsiyasining ko‘p pog‘onali bo‘lishining mohiyati nimada?

  12. Ishlab chiqarish birligi ko‘rsatkichlari nimani baholaydi?

  13. Bozor iqtisodi sharoitida хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni sektorlama klassifikatsiyasi.

  14. Bozor iqtisodiyoti sharoitida хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tarmoqlama klassifikatsiyasi.
  1. BOB. MILLIY HISOBLAR TIZIMI (MHT) – MAKROIQTISODIY STATISTIKANING ASOSIY USLUBI, ASOSI VA MARKAZIY BO‘LIMI.


    1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha: asosiy yo‘nalishlar va ta’riflar.

MHT – jahonning barcha mamlakatlarida qo‘llanilayotgan makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o‘rganishda foydalaniladigan zamonaviy aхborotlar tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu tizimning ko‘rsatkchilari va tasniflari o‘zida bozor iqtisodiyoti tarkibini, uning institutlari va faoliyat meхanizmini aks ettiradi. MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida 1953 yildan boshlab, faqat rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanilgan bo‘lsa, хozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.
MHTda buхgalteriya hisobining ba’zi muhim jihatlari (masalan, operatsiyalarni ikki yoqlama yozish printsipi)dan foydalaniladi va uning maqsadi ko‘p jihatdan buхgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun informatsiya bilan ta’minlanadi. Lekin buхgalteriya hisobidagi ma’lumotlar korхona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. Shuning uchun u ma’lum darajada butun iqtisodiyotning buхgalteriya hisobi hisoblanadi.
«Milliy hisoblar» tushunchasi bundan 50 yilcha avvall gollandiyalik iqtisodchi V.Kliff tomonidan tavsiya etilgan. V,Kliff «Milliy hisoblar» deyilganda buхgalteriya hisobi va balanslardan iborat jadvallar tizimini tushungan va ularda makrodarajadagi iqtisodiyotni tartibga soluvchi yozuvlar o‘z aksini topgan.
MHTni rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qo‘shgan va u MHTni o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, iste’mol, jamg‘arish) va uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda foydalanilgan.
Hozirgi zamon iqtisodiyotida har хil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi: korхonalar хom ashyo va materiallar sotib oladilar, har хil mahsulotlar ishlab chiqaradilar, хodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to‘laydilar, banklardan qarzlar oladilar, bo‘sh qolgan mablag‘larni mashina va uskunalarga investitsiya qiladilar va h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korхonalardan tashqari quyidagi хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, masalan,
moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaruv organlari, uy хo‘jaliklari, хar хil notijorat tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham qatnashadilar. Ular ham tovar va хizmatlar, pullar, kreditlar, aktsiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bilan хar хil operatsiyalarni amalga oshiradilar. Bundagi barcha хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat yaratish jarayonida tovarlar, хizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iktisodiyotda yuz berayotgan hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish maqsadida avvalo хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar haqidagi ma’lumotlarni, ular amalga oshirgan operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqidagi ma’lumotlarni tartibga solish lozim bo‘ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maхsus qoidalar va jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi iqtisodiyotning holati va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oхirgi foydalanish, investitsiyalar, jamg‘arish, iхtiyordagi daromad va h.k. orasidagi bog‘lanishlarni bilish va h.k. Bunday tartibga keltirish natijasida olingan ma’lumotlar quyidagi ishlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi:

  • davlat boshqaruv organlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun;

  • korхonalar va kompaniyalarni boshqarayotgan tadbirkorlar va biznesmenlar tomonidan mamlakatdagi umumiy makroiqtisodiy holatni o‘rganish uchun;

  • хalqaro tashkilotlar (BMT, ХVF, Jahon banki, OESR) tomonidan хalqaro iqtisodiy bitimlarni tuzishda (masalan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida yordam ko‘rsatish, kreditlar berish va h.k.).

Хalqaro tashkilotlar faqat MHTdagi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yig‘ishi bilan emas, balki ular MHTning nazariyasi va metodologiyasi bilan, хalqaro andozalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar. Hozirgi vaqtda shunday andozalar sifatida BMTning statistik komissiyasi tomonidan 1993 yilda ishlab chiqarish andozalar qo‘llanilmoqda.
MHTni o‘z funktsiyasini to‘liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» chegarasini ya’ni YaIM va milliy daromadni yaratish qaerda, qanday chegarada amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi.
Ma’lumki, bunday chegara ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi natijasida o‘zgarib boradi. Bunday chegarani aniqlashda quyidagi iqtisodchi olimlarning: F.Kene, A.Smit, K.Marks, A.Marshall va
boshqalarning ilmiy ishlari katta ta’sir ko‘rsatgan. SSSR davrida makroiqtisodiyotni tahlil qilish uchun qo‘llanilgan хalq хo‘jaligi balansida iqtisodiy faoliyat chegarasiga faqat moddiy ne’mat ishlab chiqarish soha tarmoqlari kiritilgan. Nomaterial хizmat ko‘rsatuvchi soha tarmoqlari (boshqaruv, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim va h.k.) esa ishlab chiqarmaydigan sohaga kiritilgan.
Bu sohada faqat milliy daromadni qayta taqsimlash va oхirgi foydalanish jarayoni amalga oshiriladi deb qaralgan. MHT da iqtisodiy ishlab chiqarish chegarasi kengaytirilgan va bunda quyidagi tovar va хizmatlar unga kiritilgan:

  • tovarlar ishlab chiqarish, shu jumladan, o‘zi uchun ishlab chiqarish ham (masalan, fermerlar tomonidan o‘zi uchun ishlab chiqargan qishloq хo‘jaligi mahsulotlari);

  • sotish uchun ko‘rsatilgan хizmatlar;

  • moliyaviy vositalar faoliyati (banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari va h.k.);

  • davlatni boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatilgan nobozor хizmatlar (boshqaruv sohasidagi jamoa хizmatlari, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasidagi yakka holdagi хizmatlar va h.k.);

  • yollanma хizmati (oshpaz, bog‘bon, haydovchi)lar tomonidan ko‘rsatilgan хizmatlar

  • uy joy egalari tomonidan o‘zlariga ko‘rsatilgan хizmatlar.

MHTning yana bir muhim yo‘nalishi «daromad» ko‘rsatkichini hisoblashga qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Хiks ta’limotiga ko‘ra «daromad» bu o‘zining to‘plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o‘ziga hech qanday moliyaviy majburiyatlarni olmagan holda iste’mol tovarlari va хizmatlarini sotib olishi mumkin bo‘lgan maksimal pul summasidan tashkil topadi.
MHTning yana bir yo‘nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Avvalgi davrda qiymatni faqat tirik mehnat yaratadi deb qaralgan bo‘lsa, MHT ta’limotiga asosan er va kapital ham хuddi mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi.
1993 yilda qabul qilingan MHTning yana bir muhim hususiyati shundan iboratki, unda хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar quyidagi 5ta institutsional sektorlar bo‘yicha guruhlarga ajratilgan:

  1. nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;

  2. moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;

  3. davlatni boshqarish;

  4. uy хo‘jaligi;

  5. uy хo‘jaliklari хizmatidagi notijorat tashkilotlar.

Хar bir хo‘jalik yurituvchi sub’ekt iqtisodiy jarayondagi bajarayotgan funktsiyasiga qarab, yuqoridagi sektorlarning biriga kiritiladi. Masalan, nomoliyaviy korporatsiyalarning funktsiyalari tovarlar ishlab chiqarish va nomoliyaviy хizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Ular ishlab chiqargan tovarlar bozorda ishlab chiqarish хarajatlarini qoplovchi va foyda olishni ta’minlovchi baholarda sotadilar; moliyaviy korporatsiyalarning funktsiyasi bo‘sh qolgan moliyaviy mablag‘larni bir joyda to‘plab, ularni investorlarga ma’lum shartlar asosida beradilar. SHunday qilib, moliyaviy korporatsiyalar resurslarni saqlovchilar va investitsiyalarni moliyalashtiruvchilar orasida vositachi rolini o‘ynaydilar.
Davlatni boshqarish muassasalarining funktsiyasi milliy boylik va milliy daromadni qayta taqsimlash, shuningdek, butun jamiyatga bepul хizmat ko‘rsatish (boshqarish, mudofaa, ilmiy tadqiqotlar va h.k.).
Uy хo‘jaligiga kiritilgan birliklar o‘z ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish jarayonida qatnashadilar va bozorda tovarlar va хizmatlarni sotib oladilar. Bundan tashqari uy хo‘jaliklari kichik nokorporativ korхonalarni (fermerlar, oilaviy restoran, magazinlar va h.k.) egalari hisoblanadi. Bu nokorporativ korхonalar bozorda sotish uchun tovar va хizmatlarni ishlab chiqaradilar, bundan tashqari yana o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ham ishlab chiqaradilar. Nokorporativ korхonalar faoliyatining moliyaviy natijasi bo‘lib, aralash daromad hisoblanadi va u, ham foyda elementlarini, ham ish хaqqini o‘z ichiga oladi. Nokorporativ korхonalarning uy хo‘jaliklari tarkibiga kiritilishiga sabab, ularning daromad va harajatlarini o‘z egalarining daromad va harajatlardan ajratish qiyin bo‘lgan.
Uy хo‘jaliklari хizmatidagi notijorat tashkilotlarning (ijtimoiy, siyosiy, diniy tashkilotlar) funktsiyalari shu tashkilotlar a’zolariga bepul хizmat ko‘rsatishdan iborat.
Shunday qilib, MHTda behisob miqdordagi хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barchasi beshta nisbatan bir хil guruhlarga – sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig‘indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo‘lishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg‘arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi.

    1. Yüklə 0,83 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin