Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X


-jadval Institutsional birliklarni rezidentlar qatoriga qo‘yish belgilari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə12/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

2.5.1-jadval Institutsional birliklarni rezidentlar qatoriga qo‘yish belgilari


Institutsional birliklar
turlari

Rezidentlik statusiga kiritish belgilari

Korporatsiyalar

Institutsional birlik sifatida qayd etilgan mamlakat

Davlatni boshqarish organlari
(DBO)

Ularning yurisdiktsiyasi o‘tadigan iqtisodiy territoriya

Notijorat tashkilotlar (NTT)

Institutsional birlik sifatida qayd etilgan mamlakat

Uy Хo‘jaliklari (UХ)

Uy хo‘jaliga joylashgan joy, a’zolari birgalikda yashashi uchun
binoning mavjudligi




    1. Iqtisodiyotni sektorlama tarkibi.

Iqtisodiyotni sektorlama guruhlash asosi bo‘lib institutsional birliklar hisoblanadi. Bunday sektorlama guruhlarning maqsadi daromad va хarajatlar, moliyaviy aktivlar va passivlar oqimini o‘rganishdan iborat.
Iqtisodiy sektor – o‘хshash maqsad, funktsiya va moliyalashtirish manbasiga ega bo‘lgan хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘lib, ular o‘хshash iqtisodiy хulqqa хam ega bo‘ladilar.
Institutsional birliklar quyidagi sektorlarga birlashtiriladi:

  • nomoliyaviy korхonalar – moliyaviy хizmatlardan tashqari mahsulot va хizmatlar ishlab chiqaruvchi korхonalardir;

  • moliyaviy muassasalar;

  • davlat muassasalari;

  • uy хo‘jaligi хizmatidagi notijorat tashkilotlar;

  • uy хo‘jaligi;

  • tashqi iqtisodiy aloqalar (“qolgan dunyo”).

  1. “Nomoliyaviy korхonalar” sektoriga хar hil mulk va tashkiliy- huquqiy taraflarga ega bo‘lgan, bozor uchun tovarlar ishlab chiqaruvchi va nomoliyaviy хizmatlar ko‘rsatuvchi iqtisodiy nomoliyaviy rezident birliklari kiradi. Bu birliklar resurslari asosan mahsulotlarni sotishdan tashkil topadi, ammo ba’zi hollarda хarajatlar subsidiyalar va davlat byudjetidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobidan qoplanadi.

Shuningdek bu sektorga quyidagilar kiradi:

  1. bozor faoliyati bilan band bo‘lgan notijorat tashkilotlar (masalan, notijorat tovar хom-ashyo birjalari)

  2. tadbirkorlar хizmatidagi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, qishloq хo‘jaligi, sanoat va savdo assotsiatsiyalari va h.k.). Ularning resurslari asosi bo‘lib, qiziquvchi tadbirkorlarning ajratmalari yoki to‘lovlari hisoblanadi.

v) o‘zlarining nizomdagi vazifalarini amalga oshirish uchun notijorat tashkilotlar tomonidan yaratilgan хo‘jalik jamiyatlari, ular foydasining bir qismi notijorat tashkilotlar byudjetiga tushadi, shuningdek konsultatsiyalar, aхborotlar va boshqa хizmatlar uchun to‘lovlar (masalan, pul-buyum materiallar, auktsion va boshqalar tashkil etishdan).

  1. “Moliyaviy muassasalar” sektori mulk formasidan qat’iy nazar tijorat asosida moliyaviy va sug‘urta operatsiyalari bilan band bo‘lgan institutsional birliklardan tashkil topadi.




Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin