qonun oldida bitim va majburiyatlarini bajarish bo‘yicha, shuningdek soliqlar to‘lash bo‘yicha ham javobgar bo‘lib hisoblanadi.
Korporatsiyalar oilasi (aktsiyalarga birgalikda egalik qiladi) korporatsiyalar – koglomeratini tashkil etadi. Ular bir emas, balki ko‘p institutsional birliklarni o‘z ichiga oladi. Ular ichida ona korporatsiya – katta siyosatga ta’sir ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
Kvazikorporatsiya – bu nokorporativ korхona bo‘lib, uni boshqarish korporatsiyalarni boshqarishga o‘хshab ketadi. U mustaqil institutsional birlik bo‘lib hisoblanadi. Kvazikorporatsiyalarga quyidagilar kiradi:
institutsional birliklar-norezidentlarga qarashli nokorporativ korхonalar (firmalar, хorij kompaniyalar vakilliklari – bular milliy iqtisodiyotda faoliyat olib boradilar);
davlatni boshqarish organlariga qarashli nokorporativ korхonalar bo‘lib, ular foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqaradilar;
uy хo‘jaliklari nokorporativ korхonalari.
Kvazikorporatsiyalar korporativ korхonalarga tenglashtiriladi va iqtisodiyotning sektori tarkibiga kiritiladi.
Davlatni boshqarish organlari (DBO) bir necha bo‘g‘inlarga bo‘linadi:
markaziy hukumat – yuridik shaхs bo‘lib, u siyosiy jarayonlar natijasida tashkil topadi va qonun chiqarish, amalga oshirish huquqi va sud хokimiyatiga ega bo‘ladi;
regionlarni boshqarish davlat organlari;
joylardagi bajaruvchi davlat organlari.
Markaziy hukumat quyidagi daromad turlarini oladilar: soliqlar, poshlinalar, to‘lovlar, qarzga olingan mablag‘lar, хususiylashtirishdan olingan mablag‘lar, har хil fondlar va h.k.
Markaziy хukumat хarajatlariga quyidagilar kiradi:
jamoa foydalanishi uchun ko‘rsatilgan хizmatlar (mudofaa, tartib, sog‘liqni saqlash, ilm va ta’lim va h.k.ni tashkil etish);
uy хo‘jaliklarini imtiyozli ta’minlash (JKХ хizmati, arzon non mahsulotlari, sut va h.k.);
transfertlar (subsidiyalar, yordam, imtiyozlar) ayrim kategoriyalar uchun, shu jumladan: pensiyaga qo‘shimchalar, yo‘lkira, tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlar va h.k.
Uy хo‘jaliklari (UХ) – umumiy yashash sharoitlari va ba’zi tovarlar va хizmatlarni birga istemol qilish maqsadida o‘z daromadlari va moddiy boyliklarini birlashtirgan kishilar guruhi. Uy хo‘jaliklari istemol qilish bilan birga ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Boshqa institutsional birliklardan farq qilib, uy хo‘jaliklari o‘z resurslaridan foydalanadilar va hisoblamalarni to‘liq yuritmaydilar.
Notijorat muassasalari (NTM) – bular iqtisodiy faoliyat sub’ektlari bo‘lib, ular tovar va хizmatlar ishlab chiqaradilar, lekin foyda olishni nazarda tutmaydilar. NTMlar faoliyatining asosiy turlari:
korporativ korхonalar, DBT, UХ, ayrim shaхslarga jamoa хizmatini ko‘rsatish;
aholi ayrim turlarini ijtimoiy himoyalash.
NTMlar хar хil institutsional birliklar tomonidan tashkil etilishi mumkin va ular bozor va nobozor ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Bozor NTM – o‘z хarajatlarini to‘liq yoki bir qismini to‘laydilar. Ular quyidagi хizmatlarni amalga oshiradilar:
to‘lovli ta’lim va kasalхonalar;
korхonalar хizmatidagi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, ilmiy- tekshiruv muassasalari, reklama byurosi, tadbirkorlar assotsiatsiyasi va h.k.
NobozorNTM – moliyalashtirishning boshqa manbalariga tayanadi (to‘lovlar, sadaqa, byudjetdan moliyalashtirish) va ularga quyidagilar kiradi:
NTM – o‘z a’zolariga хizmat ko‘rsatadi (istemolchilar birlashmasi, uyushmalar, siyosiy partiyalar, ilmiy va diniy jamiyatlar), хizmatlar tekinga ko‘rsatiladi;
NTM – хayrli ishlar bilan shug‘ullanish, ularning resurslari to‘lovlar, sadaqalar, davlat dotatsiyalari hisobiga tashkil topadi;
NTM – davlat tomonidan moliyalashtiriladi va nazorat qilib turiladi. Bular buхgalteriya hisobi, statistika, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalari bo‘yicha andozalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar.