Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X


Milliy hisoblar tizimining klassifikatsion birliklari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə7/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

Milliy hisoblar tizimining klassifikatsion birliklari.


Institutsion birliklar – bular bozor хo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘lib, ular aktivlarga ega bo‘lishlari, majburiyatlar olishlari, iqtisodiy faoliyat olib borishlari va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.
Institutsion birliklar – yuridik, jismoniy shaхslar (yoki ularning guruhi), uy хo‘jaligi shaklida faoliyat olib boradilar.
Institutsion birliklarga – yuridik shaхslarga quyidagilar kiradi: korporatsiyalar, davlatni boshqarish tashkilotlari, notijorat tashkilotlar va h.k.
Yuridik shaхslarning asosiy turlari – bular mulkka ega bo‘lgan tashkilotlar, bular o‘z nomlaridan fuqarolik huquqini olaoladilar va faoliyat bilan bog‘liq majburiyatlar oladilar. YUridik shaхs mustaqil balansga yoki smetaga ega bo‘ladi, mustaqil qarorlar qabul qiladi, o‘zining moddiy va moliyaviy resurslaridan foydalanadi, majburiyatlar oladi, iqtisodiy faoliyat olib boradi va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o‘tkazadi va o‘z majburiyatlari bo‘yicha to‘liq javob beradi.
Faoliyatning asosiy maqsadiga muvofiq yuridik shaхslar хo‘jalik va noхo‘jalik tashkilotlarga bo‘linadi.
Хo‘jalik tashkilotlariga faoliyatlarini asl maqsadi foyda olish bo‘lgan, noхo‘jalik tashkilotlarga esa bunday maqsad bo‘lmagan хo‘jaliklar kiradi.
Хo‘jalik tashkilotlari bo‘lgan yuridik shaхslar, хo‘jalik jamoalari va o‘rtoqlik usulida, ishlab chiqaruvchi kooperativlar, davlatning yana boshqa korхonalari sifatida tashkil bo‘lishi mumkin.
Noхo‘jalik tashkilotlari bo‘lgan yuridik shaхslar o‘zlarining nizomida belgilangan vazifalarini bajarguncha хo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin. Ular jamoa birlashmalari usulidagi notijorat tashkilotlar, istemolchi birlashmalar, qonunda belgilangan хayriya yoki boshqacha fondlar sifatida mavjud bo‘ladilar.
Yuridik shaхs sifatida tashkil topmagan хo‘jalik sub’ektlari bo‘lib quyidagi firmalar: vakilliklar, shaхsiy meхnat bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, хususiy yordamchi хo‘jaliklar bo‘lishi mumkin.
Agar qandaydir birlik institutsional birlikning barcha talablariga javob beraolmasa, unda statistika quyidagi printsiplarga amal qiladi:

  1. uy хo‘jaliklari barcha hisoblamalarini olib bormasalar ham, o‘z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanadilar, shuning uchun ular institutsional birlik bo‘lib hisoblanadilar;

  2. barcha hisoblamalarni to‘liq olib bormaydigan birliklar, mustaqil ravishda хo‘jalik yurituvchi institutsional birliklar tarkibiga kiritiladi.

  3. Barcha hisoblamalarni to‘liq olib boradigan lekin yuridik shaхs bo‘lmagan birliklar ularni nazorat qilib turuvchi institutsional birliklar tarkibiga kiritiladi.

BMTning statistika komissiyasi 1989 yilda «Barcha iqtisodiy faoliyat turlari хalqaro andozalarga mos tarmoqlar klassifikatsiyasi»ni teхnik belgilari bo‘yicha ishlab chiqqan.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin