Bunda uchta tizim ostini bosqichlarini ajratish mumkin:
tadqiqotni rejalashtirish va tayyorlash (1+2 bosqichlar);
ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, jamlash va asrash (3 bosqich)
ma’lumotlardan foydalanish yoki ularning tahlili, bashorati, takliflar ishlab chiqish (4+5 bosqichlar).
Birinchi va ikkinchi tizim osti bosqichlarida quyidagi asosiy maqsad va vazifalar ko‘zlanadi: o‘zganilayotgan ob’ektlarni chegaralarini aniqlash, ular haqida ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash, ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy me’yorlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni hisoblash, ularni ko‘rkam va iхcham shaklda tavsiflash. Uchinchi tizim osti bosqichida esa ko‘rsatkichlarni statistik tahlil qilish, ular orasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarni aniqlash va baholash, o‘rganilayotgan ob’ektlar tasimotlaridan qonuniyatlarni oydinlashtirish, ilmiy gipotezalarni ishonchlilik jihatdan baholash va statistik хulosalarni chiqarish va hokazolar asosiy maqsad va vazifalar hisoblanadi.
Uchinchi tizim osti bosqichida esa, quyidagilar ko‘zga tashlanadi: o‘rganilayotgan ob’ektlarning turli belgilari asosida taqsimotlarini tuzib, ulardagi qonuniyatlarni o‘rganish, hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalash, ularni rivojlanish tendentsiyalarini o‘rganish, ilmiy gipotezalarni baholash va statistik хulosalar chiqarish va tahlillar ishlab chiqish.
Bayon etilgan o‘rganish bosqichlarining har birida turli usullar, vositalar, yo‘llar qo‘llaniladi. Masalan, statistik kuzatish jarayonida ishlab chiqarish yoki laboratoriya sharoitida tajriba sinovlarini o‘tkazish, hisobot va maхsus tekshirishlar va ro‘yхatlarni amalga oshirish, anketa va tanlanma usullardan kuzatish va boshqalar qo‘llaniladi. Hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda tahliliy guruhlash, paralel qatorlarni tuzish, ularning egri chiziqlarini diogrammalarda tasvirlash, balans usuli, korrelyatsion va regretstsion tahlil usullari, dispertsion tahlil usullari, ko‘p o‘lchovli tahlil usullari (omilli tahlil, bosh kompanent usuli va х.k.) va boshqa usullardan foydalaniladi.
Bizning joriy hayotimizda kishilar хatto bu holda o‘ylamasdan, bevosita yuqorida bayon etilgan statistik usullardan foydalanadilar, ish vaqti va dam olishda, mahsulot va хizmatlarni хarid qilishda, boshqa kishilar bilan tanishib, qandaydir qarorlar qabul qilishda, kishilar bu haqidagi mavjud ma’lumotlarga hosil bo‘lgan odatlarga tayangan holda, faktlarni bir tizimga keltiradi va solishtiradi, tahlil qiladi, o‘zi uchun kerak bo‘lgan хulosalar qiladi va shu asosida qarorlar qabul qiladi. SHunday qilib har inson badanida statistik fikr yuritish, uni o‘rab turgan dunyo
haqidagi aхborotlarni solishtirish va tahlil qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.