Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X


Iqtisodiy statistikaning predmeti va uslubiyati



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə3/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

Iqtisodiy statistikaning predmeti va uslubiyati.


Milliy daromadning paydo bo‘lishi, taqsimlanishi va undan foydalanish iqtisodiy statistikaning predmeti bo‘lib hisoblanadi. Uni o‘rganish buyuk ingliz olimi Kene boshlagan, A.Smid va D.Rikardo davom ettirgan.
Iqtisodiy jarayonlarni statistik o‘rganish bir хil to‘plamlarni qandaydir belgi asosida gruppalashni va statistik qonuniyatlarni kashf etishni taqozo etadi. Statistik o‘rganish usuli, statistikaning umumiy nazariyasida bayon etilgan. Uning o‘rganish ob’ekti bo‘lib aholi va iqtisodiy agentlar faoliyati hisoblanadi. Iqtisodiy agentlar ham respublika hududlarida ham uning tashqarisida joylashishi mumkin. Shu holatni hisobga olgan holda iqtisodiy statistika ikkiga bo‘linadi:

  1. Vatan (ichki) iqtisodiyoti – bunga bir geografik hududlarda joylashgan хo‘jalik birliklari kiritiladi. Chetdan kelib ishlayotgan kishilar daromadi boshqa davlatlarga kelsa, u holda ko‘payadi.

  2. Milliy iqtisodiyot – bunga yuqoridagidan tashqari yana tashqarida joylashgan хo‘jalik birliklari ham kiradi (chetga chiqib ishlayotgan kishilar daromadlari ham kiradi). U vatan iqtisodiyotidan kengroq yoki tarroq bo‘lishi ham mumkin.

Demak iqtisodiy statistika predmeti – yuqorida bayon etilgan ob’ektlarda yuzaga chiqadigan ommaviy hodisa va voqealarning miqdor tamonini sifat tamonidan ajralmagan holda o‘rganib, ularda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni miqdoriy nisbatlarda ifodalanishdan iborat. Statistika iqtisodiyotda yuz bergan hodisa va voqealarni avvalo miqdoran, ya’ni sonlar yordamida ta’riflaydi va ularning sifat belgisida albatta e’tibor beradi.
Iqtisodiy statistikaning uslubiyati – bu iqtisodiyotda yuz berayotgan ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganishda, unda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni oydinlashtirishda ishlatiladigan o‘ziga хos uslub, ya’ni statistika fani va amaliyotida qo‘llaniladigan yo‘llar, usullar, vositalar majmuasi hisoblanadi.
Statistik tadqiqotda 5 ta bosqich ajratiladi va ularning blok-chizmasi quyidagi ko‘rinishga ega:

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin