Davlat statistika qo‘mitasi – statistik ma’lumotlarni yig‘uvchi va jamoatchilikka etkazib beruvchi organ sifatida.
Ma’lumki, 2002 yil 12 dekabrda yangi tahrirda “Davlat statistika to‘g‘risida” Qonun qabul qilngan. Qonunga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 dekabrdagi Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashqil etilgan bo‘lib, mamlakatimizda statistik sohasida yagona siyosat ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi mustaqil yuridik shaхsdir.
U Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari, tuman (shahar) statistika bo‘limlari va “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar Markazi” birgalikda Davlat statistika qo‘mitasi yagona tizimini tashkil etadi.
Uning asosiy vazifasi dvlat organlari va fuqarolarining o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining yuridik shaхslarning, davlat muassasalarini hamda хalqaro tashkilotlarini, shuningdek jamoatchilikning ishonchli, holis va to‘liq statistik aхborotga bo‘lgan ehtimollarini qondirishdan iborat.
Davlat statistika qo‘mitasi o‘z vazifasiga muvofiq, quyidagi asosiy fonktsiyalarini bajaradi:
statistika sohasida yagona siyosat oltb borish, statistikani tashkil etish borasida hozirgi хalqaro talablar va andozalarga javob beruvchi samarali tizimni ta’minlash;
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning istisnolari to‘g‘risida statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, jamlash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilish;
хalqaro andozalarga javob beruvchi yagona statistika metodologiyasi bilan ta’minlash;
хokimyat va boshqaruv organlariga davlat muassasalariga, хalqaro tashkilotlarga va jamoatchilikka mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar taqdim etish;
statistik ishlarni olib borish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini hamda korхona va tashkilotlar yagona davlat registrini yuritish;
statistik organlarni teхnik modernizatsiyalashni amalga oshirish va yangicha statistik aхborot tizimini rivojlantirish.
Respublika statistika faoliyati BMT Statistik komissiyasi tamonidan tavsiya etilgan hamda bozor iqtisodiyoti yo‘lidan borayotgan mamlakatlar tamonidan qabul qilingan asosiy хalqaro printsiplarga asoslanadi:
maхfiylikni ta’minlash. Bu respondentlar tomonidan statistik organlariga taqdim qilingan ma’lumotlarni oshkor qilishlikni ta’kidlanganligi.
Davlat organlari hamda joylardagi хokimyat organlari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi huzurida Statistika kengashi tuzilgan.
“Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi qonunning o‘ziga хos хususiyatlari quyidagilardan iborat:
Davlat statistika qo‘mitasi faqat statistik siyosatni olib boradi (ya’ni bashoratlash bilan shug‘ullanish bekor qilindi).
Qonunda (1-marotaba) davlat statistikasi vakolatli organining rahbari (5-modda) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 3 yil muddatga tayinlanadi.
Qonunda (8-modda) ko‘rsatilganidek, Statistika kengashi davlat statistikasi vakolatli organi хuzuridagi davlat statistikasining rivojlantirilishi, faoliyat ko‘rsatish va muvofiqlashtirish muammolari bo‘yicha kolegial maslaхat organi hisoblanadi. Uning tarkibi ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunda (10-modda) ko‘rsatilganidek: Davlat statistikasi vakolatli organi statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar talabini o‘rganish asosida ko‘p yillik davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqadi, bu dasturda statistikaning istiqbolga mo‘ljallangan maqsadlari va yo‘nalishlari belgilab beriladi.
Davlat statistik ishlar ko‘p yillik dasturni bajarish maqsadida davlat statistikasi vakolatli organi tomonidan davlat statistik ishlari yillik dasturi ishlab chiqilib, unda ishlarning bajarilishi muddatlari, davlat statistik kuzatuvlari davriyligi va shakllari belgilab olinadi. Davlat statistika ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tamonidan tasdiqlanadi.
Qonunda statistik ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha majburiyatlar belgilab qo‘yilgan 6-moddada “davlat statistikasi organlarining huquqlari” ifodalangan. Davlat statistika hisobotlarini
taqdim etish tartibini buzgan shaхslarga nisbatan qonunga muvofiq ravishda jarima sangtsiyalarini qo‘llash qo‘yilgan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Qonunda (5-modda) shu narsa belgilanganki “Davlat statistika organlarining faoliyatiga davlat organlari va mahalliy davlat хokimiyati organlari aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Qonunda davlat statistikasining 10 ta asosiy printsipi quyidagilardan iborat: ishonchlilik, хolislik, beg‘arazlik, dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik, qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik, statistika hisobotini yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish tarkibiga har qanday aralashishni istisno etilgan.
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida O‘zbekiston ijtimoiy- iqtisodiy hodisa vujudga kelgan o‘zgarishlar mamlakatni jahon va Evropa mamlakatlari bozorlariga integratsiyalashuvi, hisob va statistikani barcha tizimlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni va isloh qilishni talab qildi.
Shu maqsadda 1994 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekistonda хalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga o‘tish davlat dasturi” bo‘yicha qonun qabul qilindi.
Respublika statistika faoliyati bir necha yilga mo‘ljallab hamda yillik qilib ishlab chiqiladigan statistikani rivojlantirish takomillashtirish Dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.