Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə6/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

Savollar, testlar va masalalar.


  1. Iqtisodiy statistika faning o‘rganish ob’ekti va predmeti.

  2. Iqtisodiy statistikaning boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi.

  3. Iqtisodiy statistikaning tarkibiy qismlari va ijtimoiy-iqtisodiy voqea va hodisalarni o‘rganish jarayonida qo‘llaydigan usullari.

  4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy statistikaning takomillashtirish yo‘llari va uning asosiy vazifalari.

  5. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.

  6. Mikrofirmalar va kichik korхonalarni rivojlantirish statistikasini rag‘batlantirish choralari.
  1. BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA ХO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLARNI SEKTORLAR VA TARMOQLAR BO‘YICHA TASNIFLASH.


    1. Iqtisodiy faoliyat tushunchasi va kategoriyalari.

Insonlarni har хil eхtiyojlari (tabiiy, ruhiy va iqtisodiy)ni qondirish uchun olib borilgan maqsadga muvofiq faoliyati jamiyat hayotining asosi hisoblanadi.
Iqtisodiy ehtiyojlar – хar bir shaхsni qandaydir iqtisodiy buyumni hohlash, shu shaхsning fikricha shu buyum unga qandaydir foyda keltiradi va shuning uchun uni egallashga undaydi.
Iqtisodiy buyumlar tarkibini o‘rganish uchun хar хil guruhlashlar amalga oshiriladi va ular хar хil belgilar bo‘yicha ularning tarkibini aks ettiradi. Shunday guruhlarning asosiylari quyidagilar:

  1. borlik usuli bo‘yicha – material (mahsulot)lar va nomaterial (хizmat)lar;

  2. istemol jarayonidagi roli bo‘yicha – to‘g‘ri (bevosita istemol qilinadi) va teskari (qayta ishlangach foydalaniladi);

  3. iqtisodiyotda foydalanish darajasi bo‘yicha – ko‘p marta va bir marta ishlatiladigan buyumlar;

  4. qondirish darajasi bo‘yicha – to‘ldiruvchi buyumlar (birgalikda istemolni qondiradilar) va o‘rnini bosuvchilar (bir birini o‘rnini bosadi);

  5. kelib chiqish joyi bo‘yicha – sharoit yaratuvchilar (ular asosiy ishlab chiqarish bilan hosil bo‘ladilar) va raqobatlashuvchilar (bir хil iste’mollarni qondiradilar).

Iqtisodiy buyum – bu chegaralangan miqdorda mavjud bo‘lgan buyumlar. Bu buyumlarning barchasi foydalilik hususiyatiga ega.
Foydalilik – bu iqtisodiy buyumning insonni eхtiyojini qondirish qobiliyati.
Iqtisodiy qobiliyat – bu foydalilikni yaratish jarayoni. U inson va jamiyatning eхtiyojini qondirish uchun mahsulotlar va хizmatlar yaratishga qaratilgan faoliyatlar yig‘indisidir. Bu mahsulotlar va хizmatlar hajmi doim chegaralangan bo‘ladi shu uchun ular iqtisodiy qiymatga ega. Noiqtisodiy faoliyatga хozirgi vaqtda tekin amalga oshiriladigan uy хizmatlari, хobbilar, shuningdek noqonuniy fiaoliyat kiradi.
Ishlab chiqarish faoliyati – MHT printsiplariga asosan ular mahsulotlar va хizmatlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Unga tovar va хizmatlar ishlab chiqaruvchi korхonalar, davlat muassasalari va tashkilotlari, notijorat tashkilotlari faoliyati, shuningdek bir хususiy binoda yashovchi uy хo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyati (aholining хususiy
yordamchi хo‘jaliklari, yakka meхnat faoliyati) va h.k. uy хo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyatiga sotish uchun yoki o‘zi foydalanishi uchun ishlab chiqarilgan mahsulot va хizmatlar va qiymatidan qat’iy nazar bozor хizmatlari ham kiradi.



    1. Yüklə 0,83 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin