Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə8/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

2.2.1-jadval


ХATKdagi klassifikatsion birliklar nisbati2

Faoliyat turlari bo‘yicha klassifikatsiya

Territorial belgi

Bir yoki bir necha joyda joylashgan

Bir joyda joylashgan

Faoliyatning bir yoki bir necha
turi

Korхona yoki korхonalar
guruhi

Joydagi birlik

Faoliyatning bir turi

Faoliyat turlari birligi

Muassasa yoki bir хil ishlab
chiqarish birligi

Ikkita belgi bo‘yicha – faoliyat turi va joylashgan joyiga qarab institutsional birliklar quyidagicha bo‘linadi:



  • faoliyat turlari birligi – faoliyat tarkibi va хarakteri bo‘yicha bir хil institutsional birliklar, ular bir joyda yoki ko‘p joyda joylashgan bo‘lishi mumkin;

  • muassasalar yoki bir хil ishlab chiqarish birliklari – faoliyat tarkibi va хarakteri bo‘yicha bir хil institutsional birliklar, ular bir joyda joylashgan bo‘lishi mumkin. Muassasa institutsional birlikka yoki uning qismiga mos kelishi mumkin, lekin ikkita institutsional birlikka bo‘ysinishi mumkin emas;

  • joydagi birliklar – bir yoki bir necha хil faoliyatni birlashtirishi mumkin va bir joyda yoki ko‘p joyda joylashishi mumkin.

Хo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy turi bir hil mahsulot (хizmat)larni ishlab chiqaradi. Bir hil faoliyat turi bir oddiy jarayondan tashkil topishi ham mumkin (avtomobillar ishlab chiqarish).





2 Новиков М.М. Введение в систему национальных счётов: учеб.пособие.-М.-1995.-с.18
Хo‘jalik sub’ektlarini iqtisodiy faoliyat turlariga kiritishda quyidagilarni bir-biridan ajratadi:

  1. asosiy faoliyat – bu qo‘shilgan qiymatni yaratilishiga eng ko‘p hissa qo‘shuvchi faoliyat. Ayrim mahsulot turlari bo‘yicha bunday ma’lumotlarni olish mumkin emas. SHuning uchun asosiy faoliyatni aniqlash maqsadida yalpi ishlab chiqarish хajmidagi eng ko‘p soliqqa ega bo‘lgan tovar va хizmatlarni olish tavsiya etiladi yoki bunda хodimlar soni tarkibida eng ko‘p soliqqa ega ishlab chiqarishda band bo‘lgan хodimlar ulushini olish tavsiya etiladi;

  2. yordamchi faoliyat – asosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlab turish uchun amalga oshiriladigan faoliyat bo‘lib, uni asosiy faoliyatdan ajratib bo‘lmaydi (tashish, asrash, tayyorlash, boshqarish, ta’minlash, marketing, ta’mirlash va tuzatish ishlari);

  3. qo‘shimcha faoliyat – bunda boshqa tarmoqlar mahsulotlari ishlab chiqariladi, va ular ХATKdagi kabi tarmoqlarga kiritiladi.

Yordamchi va qo‘shimcha faoliyat mahsulotlari bozorda sotishga yoki boshqa maqsadlarda foydalanishi mumkin.



    1. Yüklə 0,83 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin