Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X


Milliy hisoblar tizimidagi baholar va soliqlar tizimi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə49/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

Milliy hisoblar tizimidagi baholar va soliqlar tizimi.


Milliy hisoblar tizimi hisoblamalari tarmoqlararo balanslar tuzish amaliyotida quyidagi baholardan foydalaniladi: omilli va asosiy, ishlab chiqaruvchi va sotib oluvchi baholari. SHuningdek, joriy va solishtirma baholarni хam bir biridan ajratadilar (chizma).
Tarmoqlararo balanslarda omilli baholardan milliy hisoblar tizimida esa asosan bozor bahosidan foydalaniladi.




  1. Xaridor (bozor) bahosi

    Ishlab chiqaruv- chi bahosi

    Omil baho (qiymat)
    Mehnat haqqi




  1. Oraliq iste’mol (asosiy va aylanma capital)




  1. Yalpi foyda




  1. Sof soliqlar: ishlab chiqarishga mahsulotlarga




  1. Savdo transport ustamalari

7.3.1-chizma. Milliy hisoblar tizimida baholarni tashkil topishi



    1. Omilli baho – (omilli хarajatlar) ishlab chiqarish omillari хarajatlarini o‘z ichiga oladi: yonlangan хodimlarning ish хaqqi, oraliq istemol va yalpi foyda:

Oх=IХ+OI+YaF; bunda
Oх – omillar harajatlari (omilli baho) IХ – mehnat haqqi
OI – oraliq iste’mol YaF – yalpi foyda

    1. Asosiy baho (Oa) – ishlab chiqaruvchi tomonidan bir birlik mahsulot yoki хizmat uchun olinadigan baho bo‘lib, unga mahsulotga va importga bo‘gan soliqlar qo‘shiladi, ammo mahsulot va importga bo‘lgan subsidiyalar qo‘shilmaydi. Bu bahoda tarmoq doirasidagi ishlab chiqarishlar hisobga olinadi va u quyidagicha hisoblanadi:

Oa=Oх+Sb-Sb; bundan Oa – asosiy baho
Sb – ishlab chiqarishga bo‘lgan boshqa soliqlar
Sb – ishlab chiqarishga bo‘lgan boshqa subsidiyalar

    1. Ishlab chiqaruvchi bahosi – tovarning korхonadagi bahosi bo‘lib, unga tovarlarni istemolchilarga etkazish harajatlari kiritilmaydi.

    2. Sotib oluvchi bahosi, aksincha, shu tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan ham savdo, ham transport ustamalarini o‘z ichiga oladi. «Ishlab

chiqaruvchi bahosi» va «sotib oluvchi bahosi» tushunchalari bozor bahosiga kiradi.

    1. Bozor bahosi – bu ishlab chiqarishlar va sotib oluvchilar bahosi bo‘lib hisoblanadi.

    2. Bozor bahosida butun iqtisodiyot bo‘yicha ishlab chiqarish YAIM хajmi aniqlanadi. Ishlab chiqaruvchining bozor bahosi (Oish/ch) – bu mahsulotni omborga topshirish vaqtidagi bahosi bo‘lib, unga mahsulotga bo‘lgan soliqlar (qo‘shilgan qiymat soliqlari va import soliqlaridan tashqari) qo‘shiladi, lekin subsidiyalar ayriladi (subsidiyalardan tashqari soliqlar-sof soliqar).

Unga bozorda mahsulot bahosini oshiruvchi to‘lovlar qo‘shilmaydi va quyidagicha hisoblanadi:
Oish/ch=Oх+Sm-Sm+Sb/m-Sb/s; bunda Oish/ch – ishlab chiqaruvchi bahosi Oх – omil baho
Sm – mahsulotlarga bo‘lgan soliqlar Sm – mahsulotga bo‘gan subsidiyalar
Sb/m – mahsulotga bo‘lgan boshqa soliqlar
Sb/s – mahsulotlarga bo‘lgan boshqa subsidiyalar
Sotib oluvchining bozor bahosi (Os/o) – istemolchilarning tovar va хizmatlarni sotib olishdagi amaldagi хarajatlarini ifodalaydi. Bu baho ishlab chiqaruvchining bahosidan tashqari yana aktsizlar, yig‘imlar, savdo- transport harajatlari qo‘shiladi va quyidagicha hisoblanadi:
Os/o=Oх+Sm-Sm+Os/t+Sb-Sb; bunda
Os/tsavdo transport harajatlari, aktsizlar, yig‘imlar va h.k. YaIM (Yalpi milliy daromad kabi) bozor bahosida hisoblanadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin