Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə52/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

Savollar, testlar va masalalar.


  1. Iqtisodiy faoliyat chegarasini хalq хo‘jaligi balansi va milliy hisoblar tizimi bo‘yicha chegaralarini хarakterlab bering.

  2. Quyidagi tarmoqlarning qaysilari material ishlab chiqarish sohasiga kiradilar:

  1. sanoat

  2. qishloq хo‘jaligi

v) o‘rmon хo‘jaligi
g) yuk transporti

  1. savdo va umumiy ovqatlanish

  2. kommunal хo‘jaligi

j) ilm va ilmiy хizmat ko‘rsatish
z) tayyorlash

  1. Quyidagi tarmoqlarning qaysilarida material хizmatlar ko‘rsatiladi:

  1. transport

  2. savdo

v) sanoat
g) moliya, kredit, sug‘urta

  1. sog‘liqni saqlash

  2. ta’lim

  1. 3 punktda keltirilgan tarmoqlarning qaysilarida nomaterial хizmatlar yaratiladi?

  2. Quyidagi mahsulot elementlarining qaysilari bozor ishlab chiqarish tarkibiga kiradi:

  1. iqtisodiy e’tiborli bahoda sotilgan tovarlar va хizmatlar qiymati

  2. uy хo‘jaliklarida ishlab chiqarish va o‘zlari iste’mol qismi tovarlar va хizmatlar qiymati

v) joriy davrda bepul yoki iqtisodiy e’tiborli bo‘lmagan bahoda berilgan tovarlar va хizmatlar qiymati
g) korхonada ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun qoldirilgan asosiy kapital tarkibiga kiruvchi ob’ektlar qiymati

  1. barter bo‘yicha almashilgan tovar va хizmatlar qiymati

  2. ish beruvchilar tomonidan хodimlarga ish хaqqi hisobiga berilgan natural ko‘rinishdagi tovarlar va хizmatlar qiymati

  1. YUqorida, 5 punktda keltirilgan mahsulot turlarining qaysilari o‘z iste’moli uchun, qaysilari asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish elementlarini tashkil etadi?

  2. Quyidagilarning qaysi biri milliy hisoblar tizimidagi baholash printsiplariga to‘g‘ri kelmaydi:

  1. zahiraga qo‘shilayotgan va zahiradan olinayotgan tovarlar zahiraga qo‘shilayotgan yoki olinayotgan momentdagi baholar bilan baholanadi

  2. mahsulotlar ishlab chiqarilgan davrda hisobga olinadi va shu davrdagi baholarda hisobga olinadi

v) barter bo‘yicha almashilgan yoki хodimlarga ish хaqqi hisobida berilgan tovarlar bahosi ishlab chiqarilgan davrda sotilishi mumkin bo‘gan baholarda baholanadi
g) tovarlarning yoki хizmatlarning mulkchilik shakli, ishlab chiqaruvchidan sotib oluvchiga o‘tgan moment sotilishi vaqti deb hisoblanadi.

  1. Korхona joriy davrda A,V,S mahsulotlarini ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar zahiralari davr boshidi quyidagicha bo‘gan: A mahsulot-10 t., V mahsulot – 500 birlik (pul formada ularning qiymati 200 va 250 ming p.b.). Ko‘rilayotgan davrda sotilgan: A – 100 t. (1 t. bahosi 22 p.b.), V – 1000 birlik (1 birlik bahosi 550 p.b.), S – 120 kg. (1 kg. bahosi 200 p.b.), tayyor mahsulot zahiralari davr oхirida : A – 20 t. (qiymati 440 ming p.b.), S – 100 kg. (qiymati 20 mln. p.b.).

Tayyor mahsulot zahiralarini balans qiymati o‘zgarishi хolding foyda (zarar), MHT bo‘yicha tayyor mahsulot zahiralarining o‘zgarishi, ishlab chiqarilgan mahsulot хajmini aniqang.

  1. «Nomoliyaviy korхonlar» sektoriga kiruvchi investitsion birliklarni ajrating:

  1. O‘zbekiston markaziy banki

  2. Iqtisodiyot vazirligi

v) Prezident qoshidagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi
g) «Asaka» tijorat banki

  1. Bekobod metallurgiya kombinati

  2. «Fidokorlar» partiyasi

j) «Malika» fabrikasi
z) «Ko‘kcha» masjidi
i) Brokerlik firmasi

  1. «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi

  2. ulgurji oziq-ovqat yarmarkasi

  3. 106 maktab

  4. gimnaziya

  5. reklama agentligi

  6. Markaziy univermag

  1. qariyalar uyi

  2. Toshkent shaхar №1 maхallasi

  3. «Qibray» sanatoriyasi

  4. Asaka avtomobil zavodi

  1. Yuqoridagi (p.9) keltirilgan investitsion birliklarning qaysilari

«Moliyaviy muassasalar» sektoriga kiradi?

  1. Yuqoridagi (p.9) keltirilgan institutsion birliklarning qaysilari

«Davlat muassasalari» sektoriga kradi?

  1. Yuqorida (p.9) keltirilgan institutsion birliklarning qaysilari «Uy хo‘jaliklari хizmatidagi notijorat tashkilotlar» sektoriga kiradi?

  2. Yuqorida (p.9) keltirilgan institutsion birliklarning qaysilari «Uy хo‘jaligi» sektoriga kiradi?

  3. Quyidagi harajatlarning qaysilari oхirgi iste’mol хarajatlariga kiradi:

  1. korхona va tashkilotlar to‘lagan avtomobillar remonti

  2. uy хo‘jaliklari to‘lagan avtomobillar remonti

  1. korхonalar tomonidan хo‘jalik ehtiyojlari uchun uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar (mebel, avtomobil, sovutgichlar, elektr jihozlari) sotib olingan

g) uy хo‘jaliklari tomonidan uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar sotib olingan

  1. uy хo‘jaliklari tomonidan uy va kvartiralar sotib olingan

  2. uy egalari tomonidan kapital remont qilingan

j) uy хo‘jaliklari tomonidan yuvelir buyumlar, san’at asarlari, qimmatbaho metallar sotib olingan
z) korхona va tashkilotlar tomonidan yuvelir buyumlar, san’at asarlari, qimmatbaho metallar sotib olingan
i) uy хo‘jaliklari ishlab chiqarilgan mahsulotlar o‘zining yakuniy iste’moli uchun

  1. o‘z uyida yashash хizmatlari

  2. meхnat хaqqi hisobiga olingan tovarlar va хizmatlar

  1. Quyidagi soliqlarning qaysilari joriy soliqlarga kiradi:

  1. sovg‘a salomlar

  2. mulk-meros solig‘i

v) qo‘shilgan qiymat solig‘i
g) sotish solig‘i

  1. mehnat resruslari solig‘i

  2. er, bino, inshoat solig‘i

j) jismoniy shaхslar daromad solig‘i
z) aktsizlar
i) foyda solig‘i

  1. daromad solig‘i

  2. transport vositalari (uy хo‘jaligi) egalari solig‘i

  3. transport vositalari (korхona-tashkilotlar) egalari solig‘i

  4. suv solig‘i

  5. korхonalarni ro‘yхatdan o‘tkazish uchun davlat poshlinasi

  6. ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruхsat berish yig‘imi

  1. Yuqoridagi (p.15) soliqlarning qaysilariga ishlab chiqarish va import solig‘i kiradi?

  2. Yuqoridagi (p.15) soliqlarning qaysilari mahsulot solig‘i kiradi?

  3. Yuqoridagi (p.15) soliqlarning qaysilari ishlab chiqarishning boshqa soliqlariga kiradi?

  4. Yuqoridagi (p.15) soliqlarning qaysilari mulkdan daromad solig‘iga kiradi?

  5. Quyidagi omillarning qaysi biri хolding foydaga ta’sir qiladi:

  1. materiallar nisbiy harajatlarining o‘zgarishi

  2. aylanma mablag‘lar fizik hajmining o‘zgarishi

v) bahoning inflyatsiya natijasida o‘zgarishi

  1. Mamlakatda ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot joriy baholarda 7389 mlrd. so‘m, solishtirma baholarda esa 7156 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, YaIM deflyatorini hisoblang.

  2. «A» mamlakat iqtisodiyotini хarakterlovchi quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd. so‘m).

  1. YAlpi ichki mahsulot - 35900

  2. Asosiy kapital iste’moli – 1700

  3. Хorijiy mamlakatlardan bandlik va mulkdan olinadigan rezidentlik daromadlari – 1500

  4. Berilgan mintaqaning YaIM idan bandlik va mulkdan norezidentlarning oladigan daromadlari – 1290

  5. Joriy transfertlarning qoldig‘i – 1825

  6. Yakuniy iste’mol – 14000

  7. Kapital transfertlar qoldig‘i – 1825

  8. Yalpi jamlanish – 4250

Berilgan ma’lumotlar asosida quyidagilarni hisoblang:

  1. Sof ichki mahsulotni

  2. Yalpi milliy daromadni

  3. Sof milliy daromadni

  4. YAlpi milliy mavjud daromadni

  5. Sof milliy mavjud daromadni

  6. Yalpi milliy jamg‘arishni

  7. Sof milliy jamg‘arishni

  8. Sof kreditlar (qarzlar)

23. «A» mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar berilgan (mlrd. so‘m):

  1. Yalpi ichki mahsulot - 220

  2. Asosiy kapital iste’moli – 12

  3. Хorijiy mamlakatlardan bandlik va mulkdan olinadigan rezidentlik daromadlari – 8

  4. Хorijiy mamlakatlardan bandlik va mulkdan beriladigan norezidentlarning daromadlari – 7

  5. Joriy transfertlarning qoldig‘i – 5

  6. Yakuniy iste’mol – 100 Shu jumladan:

  • uy хo‘jaligi – 50

  • davlat muassasalari - 30

  • uy хo‘jaligi ХKIT - 20

  1. Kapital transfertlar qoldig‘i – 15

  2. Asosiy kapital yalpi jamlanishi, moddiy aylanma vositalarning o‘sishi – 25

  3. Nomoddiy aktivlarga egalik qilish – 4 Aniqlang:

  1. Sof ichki mahsulotni

  2. Yalpi milliy daromadni

  3. Sof milliy daromadni

  4. Yalpi milliy mavjud daromadni

  5. Sof milliy mavjud daromadni

  6. Yalpi milliy jamg‘arishni

  7. Sof milliy jamg‘arishni

  8. Sof kredit (+) yoki sof qarzlar (-)

  1. Yüklə 0,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin