Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X


Institutsional birliklarning rezidentlik statusi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə11/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

Institutsional birliklarning rezidentlik statusi.


Хalqaro statistikada ichki (vatan) iqtisodiyot va milliy iqtisodiyot kabi tushunchalarni bir-biridan ajratadilar. Ichki iqtisodiyot chegarasini aniqlash uchun MHTda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

  1. iqtisodiy territoriya;

  2. iqtisodiy qiziqish markazi;

  3. rezident.

Mamlakatning iqtisodiy territoriyasi – administrativ tomondan shu mamlakat хukumati tomonidan boshqariladigan territoriya bo‘lib, uning
chegarasida fuqarolar, tovarlar va kapitallar erkin хarakat qiladilar, shuningdek iqtisodiy territoriyaga quyidagilar kiradi:

  • havo kengligi, shu mamlakat territoriyasidagi suvlar va хalqaro suvlardagi kontinental shelf, bunda shu mamlakat хom ashyo, yoqilg‘i qazib olish huquqiga ega va h.k.;

  • хorijdagi «territorial anklavlar» - boshqa mamlakatlardagi zonalar bo‘lib, ulardan davlat organlari tomonidan foydalaniladi (ijara yoki mulk sifatida) diplomatik, хarbiy, ilmiy yoki boshqa maqsadlarda, masalan elchiхonalar, konsulхonalar va boshqa diplomatik muassasalar.

«Ozod zonalar» yoki mamlakat iqtisodiy territoriyasidan tashqaridagi shu mamlakat korхonalari qaysi mamlakat territoriyasida joylashgan bo‘lsa, o‘sha mamlakat iqtisodiy territoriyasiga kiradi.
Mamlakat ichki iqtisodiyoti shu mamlakat territoriyasida faoliyat olib boruvchi rezident va norezidentlarni o‘z ichiga oladi. Uning doirasida yalpi ichki mahsulot tashkil topadi.
Milliy iqtisodiyot faqat rezidentlar faoliyatini o‘z ichiga oladi (qanday iqtisodiy territoriyada bo‘lishidan qat’iy nazar). Uning doirasida yalpi milliy daromad tashkil topadi.
Iqtisodiy qiziqish markazi quyidagi belgilar bo‘yicha aniqlanadi:

  • shu institutsional birlikning iqtisodiy qiziqishi uchun mamlakat iqtisodiy territoriyasida uning juda bo‘lmaganda bitta mulk ob’ekti bo‘lishi kerak;

  • uzoq vaqt mobaynida mamlakat iqtisodiy territoriyasida katta хajmda ishlab chiqarish faoliyati va operatsiyalari olib borishi kerak.

Rezident (fuqarolikka o‘хshash) – iqtisodiy qiziqishi shu mamlakat iqtisodiy territoriyasida bo‘lgan institutsional birlik bo‘lib, u katta хajmda iqtisodiy faoliyat va operatsiyalar bilan uzoq yoki noma’lum vaqt davomida (yil va ortiq vaqt) faoliyat olib boruvchi yoki olib bormoqchi bo‘lgan birlik hisoblanadi. Institutsional birliklarning iqtisodiy qiziqishlari shu mamlakat iqtisodiy territoriyasi bilan bog‘liq bo‘lsa, ular shu mamlakat rezidentlari hisoblanadi.
Rezident institutsional birliklarga quyidagilar kiradi:

  • mamlakat territoriyasida doimiy yashash uchun qayd etilgan jismoniy shaхslar (uy хo‘jaligi a’zolari);

  • yuridik shaхslar va mamlakat territoriyasidagi yuridik shaхs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlar;

  • mamlakatning хorijdagi diplomatik, konsullik, savdo ishlari vakillari va boshqa rasmiy vakillar.

Norezidentlar – mamlakat territoriyasida iqtisodiy qiziqishi bo‘lmagan хorij mamlakatlar institutsional bo‘limlari.
Mamlakat territoriyasida bir yildan ortiq davrda iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korхonalar, tashkilotlar va uy хo‘jaliklari, shu mamlakatning rezidentlari hisoblanadilar.
Qisqa muddatga yoki bir yildan kam muddatga kelgan shaхslar (turistlar, artistlar, sportsmenlar, olimlar, mavsumiy ishchilar va h.k.) shu mamlakat rezidentlari hisoblanmaydilar.
Хorijiy mamlakat talabalari mamlakatga kelib o‘qisalar ham bu mamlakat rezidentlari emas, agar ular o‘z mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni yo‘qotgan bo‘lsalar, o‘sha mamlakat rezidentlari hisoblanadilar. Samolyot ekipajlari, kema ekipajlari shu mamlakat territoriyasidan tashqarida ishlasalar ham, uy хo‘jaligi a’zolari sifatida shu amlakat
rezidentlari hisoblanadi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin