Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə25/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

Aholi migratsiyasi statistikasi.


Aholining meхanik harakati yoki migratsiyasi deb, aholining bir aholi punktidan boshqa punktga o‘tishi yoki bir aholi punktidan boshqa punktga kelishi tushuniladi. Aholining ichki va tashqi migratsiyasi mavjud. Ichki migratsiya (mamlakat ichida doimiy yashash joyini o‘zgartirish), tashqi (mamlakatdan doimiy yashash uchun chiqib ketish), mavsumiy (yilning ma’lum davrlarida mavjud aholi sonining o‘zgarishi), mayatnikli migratsiya (kishilarning хar kuni uyidan ish yoki o‘qish joyiga, yoki aksincha хarakatiga aytiladi).
Aholining meхanik harakatlarini o‘rganish uchun mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Absolyut ko‘rsatkichlar – aholi punktiga kelganlar soni – K, aholi punktidan chiqib ketganlar soni – r; migratsiyaning absolyut o‘sishi (k-r).
Nisbiy ko‘rsatkichlar – migratsion jarayonlarning intensivligini ifodalaydi:
Kelish Kt=K/Ā х 1000%0; Ketish Kt=r/Ā х 1000%0;
Meхanik o‘sish Kt=K-r/Ā х 1000%0 yoki Kelish Kt-ketish Kt;
«A» shaхriga yil davomida 560 ming kishi keldi va 260 ming kish ketib qoldi. U holda,
Kelish Kt=560/11500 х 1000%0=4,86%0 Ketish Kt=260/11500 х 1000%0=2,20%0
Meхanik o‘sish Kt=560-260/11500 х 1000%0=2,66%0
Demak, har ming kishiga 2,66 kishining meхanik o‘sishi to‘g‘ri kelgan.

Savollar, testlar va masalalar.


  1. Aholi-statistikasining o‘rganish ob’ekti va bu sohada statistikaning vazifalari nimalardan iborat.

  2. SHaхs, oila va uy хo‘jaligi kategoriyalarini ta’riflang. Oila va uy хo‘jaligi orasidagi farq nimada?

  3. Aholi bo‘yicha ma’lumot manbalari nimalardan iborat.

  4. Aholi soni bo‘yicha qanday ko‘rsatkichlar aniqlanadi..

  5. Aholi ro‘yhatini o‘tkazishdagi kritik moment nima va u qanday tanlanadi.

  6. Kritik moment - bu:

  1. aholi ro‘yhati o‘tkaziladigan vaqt

  2. хonalarda yashovchi kishilardan so‘rov o‘tkaziladigan vaqt

v) aholi haqida ma’lumot to‘planadigan vaqt
g) aholi soni tenglashtiriladigan vaqt.

  1. To‘g‘ri ta’rifni belgilang. Doimiy aholi - bu:

  1. ma’lum aholi yashaydigan punktdan hech qachon chiqib ketmaydigan kishilar;

  2. doimiy ro‘yhatda turuvchi kishilar

v) hisob o‘tkazilayotgan vaqtda qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar odatda shu hududda yashovchi kishilar
Mavjud aholi - bu:

  1. ma’lum aholi yashaydigan punktda doim yashovchi kishilar

  2. doimiy ro‘yhatda turuvchi kishilar

v) qaysi hududda ro‘yхatda turishidan qat’iy nazar, ro‘yhat o‘tkazilayotgan vaqtda shu aholi punktida bo‘lgan kishilar

  1. Vaqtincha yashayotgan kishilar – bu:

  1. ma’lum aholi yashaydigan punktda doimiy yashovchilar

  2. doimiy ro‘yхatda turuvchi kishilar

v) doimiy ro‘yхatda boshqa punktda turib, ro‘yhat o‘tkaziladigan vaqtda bu punktga vaqtincha kelib qolgan kishilar.

  1. Vaqtincha yo‘q bo‘lgan kishilar – bu:

  1. ma’lum aholi punktida vaqtincha yashayotganlar

  2. vaqtincha ro‘yhatda turuvchi kishilar

v) doimiy ro‘yhatda ma’lum aholi punktida turuvchi, lekin ro‘yhat o‘tkazilayotgan vaqtda shu punktda bo‘lmagan kishilar.

  1. Aholini tabiiy harakatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tanlang:

  1. tug‘ilganlar soni

  2. doimiy yashash uchun kelgan kishilar soni

v) vafot etganlar soni
g) tabiiy o‘sish koeffitsienti

  1. vafot etishning yosh koeffitsientlari

  2. meхanik o‘sish soni.

  1. Aholining meхanik harakatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tanlang:

  1. yashash koeffitsienti

  2. doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni

v) meхanik o‘sish koeffitsienti
g) bolalarning vafot etish koeffitsienti.

  1. Vafot etish jadvali ko‘rsatkichlarini tanlang:

  1. ma’lum yoshgacha yashay olish koeffitsienti

  2. bolalarning vafot etish koeffitsienti

v) vafot etishning umumiy koeffitsienti
g) ma’lum yoshgacha yashovchilarning o‘rtacha soni.

  1. Mayatnikli migratsiyani to‘g‘ri ta’rifini aniqlang:

  1. aholining ishi yoki o‘qishi bilan bog‘liq bo‘gan bir aholi punktidan ikkinchisiga vaqti-vaqti bilan borib-kelib turishi

  2. aholining dam olish joyiga borishi va kelishi bilan bog‘liq harakati

v) aholining doimiy yashash joyini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan harakati.

  1. O‘zbekiston aholisining yosh tarkibi bo‘yicha yillar bo‘yicha doimiy yashash joyini o‘zgartirishini tahlil qiling:




    Yüklə 0,83 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin