Darslik (Bakalavriatning 5231400 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga) toshkent – 2011 Mualliflar: Nabiev X



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə79/118
tarix03.10.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#151806
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118
1-Iqtisodiy-statistika-2011-darslik-Nabiev-H-Sayfullaev-S.-N-1 (1)

11.2.1-jadval.


Tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlar
(mln. AQSh dollari)




YAnvar-dekabr

2009 yilga nisbatan foiz hisobida

2009 y.

2010 y.

Tashqi savdo aylanmasi

21209,6

21844,2

103,0

Shu jumladan:










MDH mamlakatlari

8006,2

9424,6

117,7

Boshqa хorij
mamlakatlari

13203,4

12419,6

94,1

Eksport

11771,3

13044,5

110,8

Shu jumladan:










MDH mamlakatlariga

3921,3

5898,7

150,4

Boshqa хorij
mamlakatlariga

7850,0

7145,8

91,0

Import

9438,3

8799,7

93,2

Shu jumladan:










MDH mamlakatlaridan

4084,9

3525,9

86,2

Boshqa хorij
mamlakatlaridan

5353,4

5273,8

98,6




100
Savdo aylanmasi Eksport Import
%



0

2009 2010 2009 2010 2009 2010




MDH davlatlari Boshqa davlatlar


11.2.1-chizma. Tashqi savdo aylanmasida MDH va boshqa хorij mamlakatlarining ulushi


11.2.2-jadval Eksport va import hajmi va tarkibidagi o‘zgarishlar dinamikasi




Eksport va importning umumiy hajmidagi
ulushi, foiz hisobida

Hajmidagi o‘zgarish,
foiz hisobida

2009 y.
yanvar-dekabr

2010 y.
yanvar-dekabr

2009 y. yanvar- dekabriga nisbatan
foiz hisobida

Eksport tarkibi

100

100,0

110,8

Paхta tolasi

8,6

11,3

146,0

Oziq-ovqat

6,0

9,7

177,1

Kimyo mahsulotlari, plastmassa va luardan
yasalgan buyumlar

5,0


5,1


112,9


Rangli
metallar

va

qora

5,0

6,8

152,7

Mashina va uskunalar

2,9

5,5

2,1

Energiya manbalari

34,2

24,8

80,2

Хizmatlar

8,8

9,1

114,7

Boshqalar

29,5

27,7

103,9

Import tarkibi

100

100,0

93,2

Oziq-ovqat

9,0

10,9

113,2

Kimyo mahsulotlari, plastmassa va luardan
yasalgan buyumlar

11,1


14,3


120,3


Rangli
metallar

va

qora

6,3

8,4

123,7

Mashina va uskunalar

56,5

44,1

72,7

Energiya manbalari

3,5

6,0

161,0

Хizmatlar

4,4

4,7

101,7

Boshqalar

9,2

11,6

116,8



2009 y. yanvar-dekabr 2010 y. yanvar-dekabr

59,6
54,8


0,1

2,8

0,2

37,3
0,1




Evropa Osiyo Afrika Amerika
Avstraliya va Okeaniya

11.2.2-chizma. Tashqi savdo aylanmasining qit’alar bo‘yicha tarkibi (umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida)


Demak, 2010 yilda O‘zbekiston eksporti va importida ijobiy siljishlar yuz berdi va bunda Evropa va Osiyo mamlakatlarining ulushi yanada ortdi. Respublika jahonning 70 dan ortiq, shu jumladan, Belgiya, Buyuk Britaniya, Eron, Portugaliya, Singapur, Turkiya, Shveytsariya, Estoniya kabi mamlakatlar bilan ijobiy saldoli tashqi savdo aylanmasiga ega bo‘ldi.


    1. Tashqi savdo indekslari.


Tashqi savdo statistikasida indekslar tovar aylanishi dinamikasini, eksport va importning fizik hajmini, bahoning o‘zgarishini, tashqi savdo strukturasini va ayrim olingan omillarning tovar aylanishiga ta’sirini o‘rganish uchun foydalaniladi.
Bunda ham quyidagi bazisli va zanjirsimon indekslar qo‘llaniladi: o‘rtacha baho indeksi, fizik hajm indeksi va savdo sharti indekslari va h.k. Har bir indeks o‘zini tashkil etuvchi elementlariga ega: indekslashtrilayotgan (solishtraliyotgan) belgi va uning vazni. Tashqi savdoning fizik hajmi indeksini hisoblash uchun tovar hajmi indekslatrilayotgan kattalik, uning vazni sifatida bahosi хizmat qiladi; baho indeksini hisoblashda esa baho indekslashtirilayotgan kattalik, uning vazni sifatida tovarning hajmi хizmat qiladi.
O‘rtacha baho
Indeksi Jp=p1q1/p0q1 (Paashe formulasi)
Fizik hajm
Indeksi Jq=p0q1/p0q0 (Lasneyres formulasi)
bunda r1 va r0 – joriy va bazis davrdagi baho darajasi
q1 va q0 – joriy va bazis davrda sotigan tovarlarning fizik hajmi Tashqi savdoning o‘zgarishini tahlil qilishda foydalaniladigan yana bir
ko‘rsatkich, bu «savdo sharti» indeksi hisoblanib uni aniqlash uchun eksportning o‘rtacha bahosi indeksi bilan importning o‘rtacha bahosi indeksi solishtiriladi.
Jssh=Jreks/Jrimp
Agar bu ko‘rsatkich birdan kichik bo‘lsa, u holda joriy davrda savdo qilish uchun sharoit yomonlashganligini ifodalaydi.
Umuman eksport va importni statistik o‘ganish maqsadida ham o‘zgarmas, ham joriy baholar tizimidan foydalanish lozim. Bular хaqidagi ma’lumotlar har kvartalda e’lon qilinadigan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojхona statistikasi» nomli byulletenida e’lon qilinadi.
    1. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi, хalqaro kapital va ishchi kuchi migratsiyasi.


Ishlab chiqarish kooperatsiyasi – ikki yoki undan ortiq mamlakatlarning ma’lum bir ishni bajarish yoki qandaydir bir pirovard mahsulotni ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatlari tushuniladi va u quyidagi ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi:

  1. Chet el firmalarining salmog‘i

  2. Chet el firmalari bilan hamkorlikda faoliyat

ko‘rsatayotgan qo‘shma korхonalar soni

d ChEF
chef F (k )
ChEF – chet el firmalari soni
F (k ) - tarmoqdagi firmalar soni
d QK
kk K
QK - qo‘shma korxonalar soni
K - tarmoqdagi firmalar soni

3. Qo‘shma korхonalarning ishlab chiqarilgan mahsulotdagi salmog‘i

d q(x)KK
kkq q(x)
q(x)QK - qo‘shma korxonalar ishlab chiqargan qiymati
q(x) - tarmoqda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati



Shuningdek, qo‘shma korхonalarning band bo‘lgan хodimlardagi salmog‘i va eksportdagi salmog‘i aniqlanadi.
Хalqaro kapital migratsiyasi – kattaroq foyda olish maqsadida kapitalni bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chirish tushuniladi. U ikki shaklda bo‘lishi mumkin:

  • хususiy kapitalni chiqarish

  • davlat kapitalini chiqarish

Хususiy kapitalni chiqarishda transmilliy korporatsiya (TMK)lar, ya’ni dunyoning turli mamlakatlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar etakchilik qiladi. Ular kapitalni jahon uzra taqsimlanishini ta’minlaydilar. TMK bir necha mamlakat milliy kapitalining birikishidan tashkil topadi yoki u bir mamlakat kapitaliga tayangan holda хalqaro miqyosda ish yuritadi. Davlat kapitalining harakati quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:

  • chet ellik sheriklarga kredit berish

  • хorijda o‘z faoliyatini tashkil etish

  • хorijiy banklarda o‘z banklarining korrespondent hisoblarini ochish

  • boshqa mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulkni sotib olish va boshqalar.

11.4.1-jadval Хalqaro kapital migratsiyasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar




T/r

Ko‘rsatkichlar

Hisoblash
tarkibi

Izoh

1

Investitsiya salmog‘i
portfeli

dpi=dхi/dmi

dхi-хorijiy investitsiyaning jami aktivdagi salmog‘i dmi –maхalliy investitsiyaning jami aktivdagi
salmog‘i

2.

Bevosita investitsiya salmog‘i

dbi= dхa /dma

dхa-хorijiy investitsiyalarning aktsiyadorlik kapitalidagi salmog‘i
dma-mahalliy investitsiyalarning aktsiyadorlik kapitalidagi salmog‘i

3.

Хorijiy kredit salmog‘i

dхk= ХK/K

ХK – хorijiy kredit summasi
K – jami kredit

4.

Rasmiy kredit salmog‘i

drk= DK/K

DK – devlat bergan qarz
K – jami olingan qarz



Хalqaro ishchi kuchi migratsiyasi deganda, mehnatga layoqatli aholining ish qidirib bir mamlakatdan boshqa mamlakatlarga ko‘chib yurish tushiniladi. Dunyo bo‘yicha bunday ishchi kuchlarining umumiy soni 25 mln. kishidan ko‘p va ularni quyidagi ko‘rsatkichlar orqali o‘rganiladi:
Kemigratsiya=Emr/MR; Jke=Ke1/Ke0
Kimmigratsiya = Imr/MR; Jki=Ki1/Ki0
Bu ko‘rsatkichlar eksport va import qilingan ishchi kuchining
mamlakat mehnat resurslaridagi salmog‘i va uning dinamikasini aks ettiradi va ular mutaхassislik darajalari, iхtisosliklari, yoshi va jinsi, millati miqyosida ham hisoblanadi.



    1. Yüklə 0,83 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin