Har bir faoliyat o`rtacha o`quvchiga yondashuv asosida kechadi;- Ta’lim mazmuni asosan o`qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyat-da ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya sohasida ham zamonaviy ‘eda-gogik texnologiyalarga amal qilina boshlandi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Demak, kadrlar tayyorlash mil-liy modeli ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat ijtimoiy buyurtmasini ifo-dalaydi. Faqat davlat ijtimoiy buyurtmasigina ta’lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun zamonaviy ‘edagogik texnologiyalarning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ‘edagogik tizimga uzluksiz ravish-da ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa zamonaviy ‘edagogik texno-logiyalarning bosh bo‘g‘ini hisoblanib, u ‘edagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z vaqtida yangilash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ta’lim-tarbiya tizimida zamonaviy ‘edagogik texnologiyalardan foyda-lanish zaruriyatining mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: