Darsning shakli: yakka va guruhlarda ishlash.
Darsda foydalaniladigan usullar: “Klaster”, “Ven diagrammasi”, “Juftini toping” usulli, “Quvnoq quyoncha”, “G’oya bering” usullari.
Darsning jihozi: darslik, buklet, tarqatma materiallar, AKT, mavzu materiallari aks etgan slayd, multimediya vositalari, baholash kartochkalari, proektor, notebook, test kartochkalari.
Darsning shiori: Ilmdan bir shula qilga tushgan on,
Shunda bilursanki, ilm bepayon.
(Fuzuliy)
Mavzuga oid kompetensiyalar: o’quvchilarda topshiriqlar ustuda ishlash, tinglab tushunish, gapirish, o’qish, yozish asosida nutqiy kompetensiyalar, ko’makchi fe’llar haqida bilimga ega bo’lish va o’zlashtirish orqali lingvistik kompetensiyalar, egallagan bilimlarini turli nutq sharoitlarida qo’llay olish yordamida progmatik kompetensiyalar shakllantiriladi.
Darsning borishi:
Salomlashish, yoqlama qilish
O’tilganlarni takrorlash
Dars o’quvchilardan bugungi sana, yurtimiz hayoti bilan bog’liq yangilik va xabarlar sorashdan boshlanadi
Masalan: 1. Bugungi sana.
2. Bugungi sanada tug’ilgan mashhur kishilardan kimlarni bilasiz?
3.Bugungi kundagi Vatanimiz hayoti bilan bog’liq muhim yangiliklar va xabarlarning bilasizmi? Ushbu ma’lumotlarni sinfdoshlaringiz bilan o’rtoqlashing. (Komunikativ kompeteniya)
O’tilgan mavzu: Ravishdosh va uning mano turlari.
“G’oya bering” usulli orqali uy vazifasi va o’tilgan mavzu soraladi. Bunda guruh 2 ga bo’linadi va o’tilgn mavzu bo’yicha guruhlar navbatma-navbat bittadan g’oya aytib ketaveradilar. Har bir aytilgan g’oya uchun 1 balldan qo’yiladi
Har ikkalasi fe’l so`z turkumiga mansub.
Har ikkalasining tarkibi mustaqil so`zdan tuziladi.
Har ikkalasi ravishdoshning –b, -ib, -a, -y shakli orqali boglanadi
Harakatni bajarishga kirishish ma’nosini ifodalaydi.
Har ikkalasining tarkibida zamon, shaxs-son qo`shimchalari mavjud bo`ladi.
Ot+fe’l, fe’l+fe’ldan tuziladi
Fe’l+fe’lan tuziladi
Dostları ilə paylaş: |