Jihozlanishi: darslik, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Darsning borish: Tashkiliy qism: O`quvchilar bilan salomlashib, sinf xonaning tozaligini nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O`quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o`quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.