Darsning maqsadi: darsning maqsadi


SUT - ASOSIY OZIQ-OVQAT MAHSULOTI



Yüklə 21,03 Kb.
səhifə3/7
tarix07.01.2024
ölçüsü21,03 Kb.
#209416
1   2   3   4   5   6   7
sut

SUT - ASOSIY OZIQ-OVQAT MAHSULOTI
SUTNING INSON ORGANIZMI UCHUN AHAMIYATI
“ Sut mahsulotlarini iste‘mol qilish uzoq yashashning garovi ” Abu Ali Ibn Sino

Sut bolalar uchun juda foydali. Sut mahsulotlariga qaymoq, sariyog‘, smetana, tvorog, pishloq, qatiq, kefir, qurt, suzma, zardop va boshqalar kiradi.Shu o‘rinda sut zardobini iste’mol qilib turilsa jigar faoliyatini yaxshilashda katta ahamiyati borligini alohida ta’kidlab ketish kerak, chunki ko’pchilik zardobni oxirgi chiqindi deb hisoblashadi. O‘zining yoqimli ta’mi va hushbo‘yligi, shifobaxsh va parhezbop xususiyatlari, shuningdek, muhimi ozuqalik qiymati tufayli bu mahsulotlarga aholini talabi katta. Ibn Sino bobomiz ham sut mahsulotlarini foydali tomonlarini ko‘plab yoritib ketgan. Sutni qaynatib unga asal qo‘shib iste’mol qilinsa oshqozon kasalligiga davo bo‘lar ekan. Sut miya va asab tizimi uchun foydali. Sut immunitetni oshirib, infeksiyalardan himoyalaydi, yurakka foydali va suyakni mustahkamlaydi .

SUT - HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR

SUT - HAQIDA QIZIQARLI MA’LUMOTLAR



Oziq - ovqat uchun uzoq vaqtdan beri ishlatilgan mahsulotlar orasida sutga teng keladigani yo‘q. Va odamlar uzoq vaqt davomida sut nima ekanligini, u qanday moddalardan iboratligini tasavvur qilmasalar ham, ular uning ozuqaviy va shifobaxsh kuchini qadrlashni o‘rgandilar. Qadimgi Misr, Yunoniston va Rim tabiblari sutning inson tanasiga ta'sirini kuzatib, bu ajoyib mahsulotni hayot sharbati, salomatlik manbai deb atashgani ajablanarli emas.
Sut–asosan sigir, tuya va echkilardan olinadi. Sutdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kishi organizmida deyarli to‘la hazm bo‘ladi. O‘rta asrlarda tibbiyot fanining darajasi hali sutning tanaga ta’siri haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishga imkon bermagan va har bir shifokor o‘zining shaxsiy tajribasi va bilimiga asoslanib, uni qo‘llagan. Birinchi marta sutning foydalari I.P.Pavlov laboratoriyasida ilmiy asoslab berildi. Ma’lum bo‘lishicha, sutni hazm qilish uchun eng kam miqdorda me’da shirasi talab qilinadi, uni iste’mol qilish esa boshqa oziq-ovqat tarkibiy qismlarining so‘rilishini oshiradi. Sutning asosiy afzalligi shundaki, uning ozuqa moddalari inson tanasi uchun juda qulay nisbatda.Tabobat ilmi sultoni Abu Ali Ibn Sino “ Tib qonunlari ” asarida tuya sutining shifobaxshligi hususida yozib qoldirgan. Tuya suti juda mazali to‘yimli va Sharq mamlakatlarida bu ne’mat sevib iste’mol qilinadi.

Yüklə 21,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin