Darsning maqsadi: ta’limiy


Tashqi iqtisodiy aloqalar



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə13/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

Tashqi iqtisodiy aloqalar Yaponiya iqtisodida hayotiy ahamiyatga ega. Buning sababi, mamlakat iqtisodiyotida ko‘p sohalaming import xomashyolarga qarab qolganligidir. Yaponiya, asosan, sanoat xomashyolarini import qiladi va iste’molga tayyor mahsulotlami eksportga chiqaradi.
Yaponiya jahonning juda ko‘p mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalami olib boradi. Ular orasida eksport bo'yicha AQSH (20,4%), Xitoy (20,5%), Janubiy Koreya (7,6%), import bo‘yicha Xitoy (20,5%), AQSH (11,6%), Saudiya Arabistoni (5,7%) ajralib turadi.
Yaponiyaning 0‘zbekiston Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy aloqalari ham rivojlanib bormoqda. U 0’zbekiston iqtisodiyotiga tobora ko‘p investitsiya kiritmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Sho'rtan gaz-kimyo kompleksini investitsiyalashda Yaponiya faol qatnashdi. Yaponiyadan texnologiya vositalari, tayyor iste’mol mahsulotlari, aloqa kommunikatsiya vositalari 0‘zbekistonga keltirilayotgan bo‘lsa, 0‘zbekistondan Yaponiyaga tobora ko‘p paxta va ipak tolasi, tog‘-kon, metallurgiya sanoati mahsulotlari, turli iste’mol mahsulotlari eksport qilinmoqda.
Yaponiyaning ichki tafovutlari. Yaponiyada ham iqtisodiy jihatdan yaxshi rivojlangan hududlar bilan bir qatorda, hali yetarli darajada o‘zlashtirilmagan rayonlar ham mavjud.
Tinch okeani sanoat mintaqasi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan rayon bo‘lib hisoblanadi. Bu mintaqa Tokio qo‘ltig‘idan Osaka qo‘ltig‘igacha cho‘ziladi. Aslida Tokaydo megalopolisini tashkil qilgan bu hududning relyefi riisfratan tekis. Bu tekislik Tinch okeani bo‘ylab o‘rtacha 15 — 65 km li tor yo‘nalishda 600 km dan ortiq masofaga cho‘zilgan.
Mamlakatning rivojlanish darajasiga ko'ra ikkinchi rayoni Xonsyu orolining janubiy va Kyusyu orolining shimoliy qismlaridir. Rayonda faqat Kitakyusyu (Shimoliy Kyusyu) sanoat aglomeratsiyasi yuqori darajada rivojlangan metallurgiya va og‘ir mashinasozlik sanoatlari bilan ajralib turadi.
Yaponiyaning uchinchi rayoni Kyusyuning janubiy qismi va butun Sikoku hamda Xokkaydo orollaridir. Rayonda sanoat rivojlanish darajasiga ko‘ra Sapporo sanoat aglomeratsiyasi ajralib turadi. Xokkaydo, eng awalo, ko‘mir va baliqni qayta ishlash sanoatlari bilan tanilgan bo‘Isa, Sikoku va Kyusyu hududlarida qishloq xo‘jaligining ahamiyati yuqori.



Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin