Darsning maqsadi: ta’limiy



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə10/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

Yaponiya abolisi 127,0 mln. kishi. Aholisining soni bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida o‘ninchi o'rinda turadi.
Yaponiya tipik Sharq davlatlaridan bo‘lishiga qaramasdan, Osiyoda birinchi bo‘lib demograflk ko‘rsatkichlariga ko‘ra 11-tipdan 1-tipga o‘ta oldi. Unda har 1000 aholi hisobiga tug‘ilish 8 kishiga, o‘lim ham 8 kishiga to‘g‘ri kelmoqda, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari dunyo bo‘yicha eng pastdir. Shu bilan birga aholisi o‘rtacha 83 yoshdan ortiqroq umr ko‘rmoqda. Yaponiya bir millatli davlat. Aholisining 99% i yapon millatiga mansub. Yaponiyada aholining o‘rtacha zichligi 1 km2 maydonga 337 kishi to‘g‘ri keladi. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi umumiy maydonining 10% ida yashashini hisobga olsak, amalda aholi yashaydigan hududlarda bu ko‘rsatkich 1000 kishini tashkil qiladi. Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 67,0% i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortadi. Eng yirik shahri mamlakatning poytaxti Tokio bo‘lib, unda 30,2 mln. dan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1 mln. dan ortiq bo'lgan yana 6 ta shahari bor. Mamlakatda yirik shahar aglomeratsiyalari shakllanmoqda. Tokio — Nagoya — Osaka yo‘nalishi bo‘ylab 600 km dan ortiq masofaga cho‘zilgan hududida dunyodagi eng yirik megalopolislar- dan biri Tokaydo tashkil topgan.
Foydalaniladigan yer nihoyatda qimmatli, taqchil resurs bo‘lganligi sababli, Yaponiyada hozirgi vaqtda binolarni «osmono‘par» qilib qurish bilan birga, ulaming qator qavatlarini yer ostida joylashtirishga ham erishilmoqda. Alohida texnopolis — ilmiy-muhandislik komplekslari, asosan, dengizning sayoz qo'ltiq va ko‘rfazlarini turli axlat va chiqindi jinslar bilan to‘ldirish hisobiga hosil qilingan hududlarida qurilmoqda.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

  1. Yaponiyaning hududi va yer maydoni haqida gapirib bering.

  2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslariga ta’rif bering.

  3. Nima uchun Yaponiya bir millatli davlat hisoblanadi?




Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin