Darsning maqsadi: ta’limiy



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə8/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

Iqtisodiyotning eng muhim tarmog‘i sanoatga YIMning 34,9% i, xizmat ko‘rsatish sohasiga 60,1% i, qishloq xo'jaligiga 3% i to‘g‘ri keladi. Metallurgiya, mashinasozlik (avtomobilsozlik, kemasozlik, elektrotexnika va elektronika mashinasozligi, og‘ir mashinasozlik), kimyo va neft-kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati yuqori ahamiyat kasb etadi. Janubiy Koreya «Samsung-Elektroniks», «Xunday», «Posko» va boshqa shu kabi industrial gigantlaming mavjudligi ЬЙап ajralib turadi. Ushbu korxonalar mahsulotlarining katta qismi eksport qilinadi.
Dehqonchilikda sholichilik, sabzavotchilik (tarvuz, qovoq, turli xil ko‘katlar), mevachilik (nok, olma, shaftoli yetishtirish) va uzumchilik muhim o‘rin egallaydi. Chorvachilikda sut-go‘sht chorvachiligi, qoramolchilik va cho‘chqachilik rivojlan- gan.
Transport juda yaxshi rivojlangan. Seul va Inchxon shahaiiari xalqaro transport — logistik markazlari rolini bajarmoqda. Inchxon dunyodagi eng yirik aeroport bo‘lib, 44 ta mamalakatdagi 141 shahar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri avialiniyalaiga ega. Temiryo‘1 Seul shahrini tezyurar poyezdlar (350 km/soat) orqali mamlakatning boshqa shaharlari bilan bog‘laydi.
Janubiy Koreya tashqi savdosining hajmi 1980-yili 17,5 mlrd. AQSH dollaridan, 2012-yilga kelib esa 950 mlrd. AQSH dollaridan oshdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Janubiy Koreya Jahon mamlakatlari ichida 11-o‘rinni, eksport bo'yicha (473 mird. doll.) esa 12-o‘rinni egallaydi.
Koreya Respublikasi 0‘zbekiston bilan istiqbolli tashqi iqtisodiy aloqalarga ega. Ushbu mamlakatlar o‘rtasida 2011-yilda amalga oshirilgan savdo aylanmasi 0‘zbekiston jami tashqi savdo aylanmasining 10,6% ini tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Koreya Respublikasi jami davlatlar ichida Rossiya va Qozog’iztonda keyin 3-o’rinda turadi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Koreya Respublikasi 0‘zbekistonga avtomobil dvigatellari, avtomobillar uchun rezina-texnika buyumlari, turli uskunalar, to‘qimachilik sanoati uchun asbob-uskunalar, uyali aloqaga oid telekommunikatsiya uskunalari eksport qiladi. U 0‘zbekistondan paxta tolasi, rangli metallar (mis, rux), boyitilgan uran va boshqa mahsulotlami import qiladi.

Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin