Orollar mamlakatlari — Indoneziya, Bruney, Filippin va Sharqiy Timordan iborat bo‘lib, Janubi-sharqiy Osiyoning Tinch va Hind okeanlari oralig‘idagi minglab katta-kichik orollarda joylashgan. Indoneziyada 13,6 ming va Filippinda 7 mingdan ortiq orollar hisobga olingan. Tog£-kon, kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik tarmoqlari muhim o‘rin egallaydi.
Hindi-Xitoy mamlakatlariVyetnam, Kambodja, Myanma, Laos davlatlaridir. Tipik musson iqlimli bu mamlakatlar tabiiy resurslarga boy. Bu mamlakatlar iqtisodiyotining asosini, asosan, qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari tashkil qiladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Mintaqada aholi eng zich va aksincha, aholi ancha siyrak hududlami aniqlang, ularning sabab va omillarini tahlil qiling.
Mintaqaning ko‘pchilik mamlakatlari sanoatida nima uchun tog‘-kon sanoatining ahamiyati kattaroq va ishlov beruvchi sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlan- magan?
0‘ylab ko‘ring: nima uchun mintaqa dehqonchiligining asosiy tarmog'i sholichilikdir? Uning boshqa ekin turlaridan farq qiluvchi tomonlarini tahlil qiling.