Dars usuli: no’ananaviy usulda
Dars jixozi: dunyo xaritasi, atlas xarita, jadvallar, yangiliklar
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish
Honani darsga tayyorlash
O’quvchilar davomatini aniqlash
Ob-havoni aniqlash va uni kuzatish
Shu kunning muhim yangiliklari
II. O’tilgan mavzuni so’rab baholash:
Mintaqada aholi eng zich va aksincha, aholi ancha siyrak hududlami aniqlang, ularning sabab va omillarini tahlil qiling.
Mintaqaning ko‘pchilik mamlakatlari sanoatida nima uchun tog‘-kon sanoatining ahamiyati kattaroq va ishlov beruvchi sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlan- magan?
0‘ylab ko‘ring: nima uchun mintaqa dehqonchiligining asosiy tarmog'i sholichilikdir? Uning boshqa ekin turlaridan farq qiluvchi tomonlarini tahlil qiling.
III.Yangi mavzu bayoni
Afrika maydonining kattaligi bo'yicha Yevrosiyodan keyingi yirik materik. Materik maydoni 29,2 mln. km2, unga tegishli orollar bilan esa 30,3 mln. km2, bu yer quruqlik yuzasining 1/5 qismi demakdir. Orollaridan Madagaskar eng yirigi hisoblanadi. Hind okeanida joylashgan Sokotra, Zanzibar, Pemba, Mariya, Komor, Amirant, Seyshel, Maskaren (Mavrikiy, Reyunon va b.) va Atlantika okeanida joylashgan Madeyra, Kanar, Kabo-Verde, Bioko, San-Tome, Prinsipi, Vozneseniya, Avliyo Yelena, Tristan-da-Kunya orollari ham Afrikaga qaraydi. Hozirgi vaqtda Afrikada jami 58 ta mamlakat mavjud bo‘lib, shulaming ko‘pchiligi iqtisodiy qoloq mamlakatlardan iboratdir. Respublikalarning soni 52 ta, monarxiyalar 3 ta. G‘arbiy Sahroyi Kabir mamlakatining maqomi noma’lum.
Xrom, temir, maiganes, uran, mis, qalay, kobalt, oltin, platina, asbest, slyuda zaxiralari ulkandir. Materikning g'arbiy, markaziy va ayniqsa, janubiy qismlarida yirik olmos konlari mavjud. Afrika boksit va fosforitlaming zaxiralari bo'yicha dunyoda yetakchi o‘rinlami egallaydi.
Afrika suv resurslariga boy. Yillik umumiy suv oqimi 5 ming km3 dan ortiq, shundan 25% i Kongo, 10%i Zambezi hamda 6% i Niger daryolariga to‘g‘ri keladi. Nil daryosining yillik suv oqimi atigi 85 km3 ga teng, xolos.
Afrika aholisining soniga ko‘ra (1162 mln.) materiklar ichida Yevrosiyodan keyingi ikkinchi, uning o‘sish sur’atlari bo‘yicha esa birinchi o‘rinda turadi. Afrika aholisi yiliga bir necha million kishiga ko‘paymoqda. Aholining tabiiy o‘sish sur’atlari Markaziy, Sharqiy va C/arbiy Afrika mintaqalari hamda mamlakatlarida (Niger, Chad, Uganda, Malavi, Gvineya, Angola, Mali, Keniya, MAR va b.), ayniqsa, yuqori ko‘rsatkichlar bilan ifodalanmoqda. Mazkur mamlakatlarda tug‘ilish koeffitsiyenti 35 promilledan ham yuqoridir. Afrika o‘lim darajasining yuqoriligi va aholi o‘rtacha umr davrining pastligi bo‘yicha ham ajralib turadi. Umumiy o‘lim koeffitsiyenti 8—10 promilleni, bolalar o‘limi koeffitsiyenti esa 85 — 90 promilleni tashkil etmoqda. Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davri 52 yoshdan oshmaydi.
Yirik, o‘rta va kichik shaharlar miqdori katta bo'lgan hududlar qatoriga Nil deltasi, Mag‘ribning dengiz sohili zonasi, Janubiy Afrika Respublikasi, Nigeriyaning Gvineya qo‘ltig‘i, Zimbabve, Zambiya va KDRdagi tog‘-kon sanoati rivojlangan rayonlar kiradi. Afrikada aholisining soni 1 mln. dan ortiq bo‘lgan 20 ga yaqin shahar mavjud. Qohira, Iskandariya, Keyptaun, Yoxannesburg, Lagos, Abijon, Kinshasa, Nirobi, Addis-Abeba, Jazoir, Kasablanka, Dakar shular jumlasidandir. Qohira, Yoxannesburg, Lagos va boshqa ba’zi yirik shaharlar atrofida aglomeratsiyalar shakllangan.
Afrikada uchta yirik din alohida o‘rin egallaydi. Shulardan mahalliy an’anaviy dinlar G‘aibiy va Markaziy Afrikada, islom dini Shimoliy, G‘arbiy va Sharqiy Afrikada, xristian dini Janubiy, qisman G'arbiy va Markaziy Afrikada hamda Efiopiyada tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: |